Satullaeva Nargiza Jalgasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining struktur-semantik tadqiqi (ingliz va qoraqalpoq tillari materiallari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2608.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘ldoshev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining struktur-semantik jihatlarini ingliz va qoraqalpoq tillari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi nisbat kategorial ma’nolarining kontekstda voqelanish jarayonining o‘xshash ma’no va strukturalarga egaligi, har bir tilning ifoda rejasida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishi dalillangan;
fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining ingliz va qoraqalpoq xalqlari tomonidan olamning lisoniy manzarasini yaratishda til birliklarining grammatik jihatdan murakkablashgan ma’nolarning ifodalanish usulidagi farqlanuvchi belgilarning qiyosiy planda ishtiroki asoslangan;
fe’l nisbat kategoriyasi funksional shakllarining turli semantik guruhdagi fe’llar bilan qo‘llanishining fe’l kategorial ma’nolarini tanlashda o‘zaro ta’sir, ma’noni ifodalash, kuchaytirish, bog‘lash, cheklash kabi potensial imkoniyatlari ochib berilgan;
badiiy diskursda turli tizimga mansub ingliz va qoraqalpoq tillarida nisbat kategorial ma’nosini turli kontekstlarda voqelantirishida kuzatiladigan fe’llarning struktural-semantik jihatlari va ularning lisoniy maqomi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining struktur-semantik tadqiqi jarayonida olingan natijalari asosida:
badiiy diskursda turli tizimga mansub ingliz va qoraqalpoq tillarida nisbat kategorial ma’nosini turli kontekstlarda voqelantirishida kuzatiladigan fe’llarning struktural-semantik jihatlari va ularning lisoniy maqomiga oid xulosalardan Termiz davlat universitetida 2023-yil amalga oshirilib boshlangan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Termiz davlat universiteti 2024-yil 24-maydagi 06/12-1939-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va qoraqalpoq tillarida fe’l nisbat kategoriyasining badiiy diskursda qo‘llanishga doir ilmiy xulosalar va takliflardan foydalanilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi nisbat kategorial ma’nolarining kontekstda voqelanish jarayonining o‘xshash ma’no va strukturalarga egaligi, har bir tilning ifoda rejasida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishi hamda fe’l nisbat kategoriyasi funksional shakllarining turli semantik guruhdagi fe’llar bilan qo‘llanishining fe’l kategorial ma’nolarini tanlashga o‘zaro ta’siri, ma’noni ifodalash, kuchaytirish, bog‘lash, cheklash kabi potensial imkoniyatlari ochib berishda doir ma’lumotlardan 2012-2016-yillarda bajarilgan dasturlar doirasida FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 23-oktyabrdagi kungi 412/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va qoraqalpoq tillarida ishlatiladigan fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining semantik xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
fe’l nisbat kategoriyasi shakllarining ingliz va qoraqalpoq xalqlari tomonidan olamning lisoniy manzarasini yaratishda til birliklarining grammatik jihatdan murakkablashgan ma’nolarning ifodalanish usulidagi farqlanuvchi belgilarining ishtirokidagi o‘ziga xosliklar qiyosiy planda ishtiroki haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining madaniy-ma’rifiy mavzudagi «Kuch bilimda» nomli eshittirishida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-maydagi 05-22/255-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kun talablari darajasida ingliz va qoraqalpoq tillaridagi fe’l nisbat shakllarining tushunchaviy tizim tarzidagi talqini jihatidan, har tomonlama chuqur o‘rganishga undashi uchun xizmat qilganligi bilan muhimligi ta’minlangan.