Atamuratov Xushnudbek Xayitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Futzal hakamlarini o‘yin jarayonida optimal pozisiya tanlashda jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5237.
Ilmiy rahbar: Arziqulov Mukum Uralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerevich, biologiya fanlari doktori, professor; Komilov Jamoliddin Karimjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi futzal hakamlarining o‘yin mavsumi dinamikasida jismoniy tayyorgarlik darajasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futzal hakamlarining maxsus chidamlilik qobiliyati darajasini rivojlantirish maqsadida o‘yin jarayonida qo‘llaniladigan shiddatli harakatlarga tayyorlash va baxsli vaziyatlarni nazorat qilgan holda optimal pozisiyalarni tanlash hamda musobaqalardagi hakamlik faoliyati takomillashtiruvchi kompleks orqali shiddatli, kombinatsion va variativ harakatlardan iborat turli masofalarga tezlanish va o‘z vaqtida to‘xtalishlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
futzal hakamlarining tayyorgarlik mashg‘ulotlarida maydon yon chizig‘i bo‘ylab maksimal tezlikda turli o‘zgaruvchan qisqa masofalarga tezlanishlardan iborat bo‘lgan maxsus sprint yugurishlarni jamlagan kompleksini qo‘llash natijasida yuqori shiddatli o‘yindagi baxsli vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, jamoalarning hujum va qarshi hujum harakatlariga nisbatan optimal pozisiyalarni zudlik bilan tanlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
har bir 20 metrni 7 soniya davomida o‘yin shiddatiga mos tezlikda o‘zgaruvchan progressiv va regressiv tarzda yugurib o‘tish kabi usullardan tashkil topgan maxsus kompleksi orqali futzal hakamlarining o‘yin yakuniga qadar ishchanlik qobiliyatini pasaytirmagan holda hakamlik faoliyatini yuqori shiddatda olib borish hamda umumiy chidamlilik qobiliyati takomillashtirilgan;
musobaqalarda futzal hakamlarining hakamlik faoliyatini yuqori shiddatli o‘yin vaziyatlarida samarali olib borish maqsadida ishlab chiqilgan tayyorgarlik dasturi orqali hakamlik faoliyatini samarali olib borishda optimal rakursda pozisiyalarni tanlash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futzal hakamlarining maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish orqali o‘yin jarayonida bahsli vaziyatlarda optimal pozisiyani tanlashga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘yin jarayonida tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun optimal pozisiyalarni tanlashda muhim bo‘lgan maxsus chidamlilik qobiliyatini oshirishga qaratilgan turli musobaqalardagi hakamlik faoliyatida harakatlanishlarni videotahlil qilish asosida shiddatli, kombinatsion va variativ harakatlardan turli usullardagi harakatlarni tezlanish va to‘xtashlar (oldinga yugurish, yonlamachasiga, oldinga yuzlanib ortga yugurish) “Variative Shuttle” maxsus kompleksini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati Futbol Assotsiatsiyasi futzal hakamlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 03-16/8238-son ma’lumotnomasi). Natijada, futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida FIFA tomonidan ishlab chiqilgan maxsus “ARIET” testini topshirishda maxsus chidamkorligi 17,9% ga oshgan;
futzal hakamlarining yuqori shiddatli o‘yindagi bahsli vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va unga asosan o‘z vaqtida qaror chiqarishga tayyor bo‘lish asosida jismoniy mashg‘ulot jarayonida maydon yon chizig‘ida turli pozisyalarga tezkorlik bilan etib borish uchun o‘zgaruvchan qisqa masofalarga tezlanib yugurishlardan iborat bo‘lgan maxsus “Schuttle” kompleksi amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati Futbol Assotsiatsiyasi futzal hakamlarining amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 03-16/8238-son ma’lumotnomasi). Natijada, futzal hakamlarining FIFA tomonidan qisqa (20 metr) masofaga tezkor yugurish me’yorining ko‘rsatkichi 0,23±0,06 soniyaga 14,3% ga oshgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Futbol Assotsiatsiyasi futzal hakamlarining o‘yin davomida ishchanlik qobiliyatini pasaytirmasdan yuqori shiddatda olib borish hamda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlardagi qoida buzilish holatlarini turli pozisiyalardan samarali nazorat qilish hamda umumiy chidamlilik qobiliyatini oshirish uchun har bir 20 metrni 7 soniya davomida yugurib o‘tish (20 metrdan 160 metrgacha ortib boruvchi va 160 metrdan 20 metrga kamayib boruvchi, dam olish oralig‘i 20 m (soniya)) o‘zgaruvchan progressiv va regressiv “Pyramid” kompleksi bo‘yicha taklif va tavsiyalar futzal hakamlarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 03-16/8238-son ma’lumotnomasi). Natijada Futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi, ya’ni submaksimal zonada o‘zgaruvchan shiddatli yuklamani progressiv va regressiv mokisimon yugurish hajmi 420 metrga oshgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Futbol Assotsiatsiyasi futzal hakamlarining faoliyatini samarali olib borish uchun ishlab chiqilgan “Variative Shuttle”, “Schuttle” hamda “Pyramid” maxsus ishlanmalaridagi yuklamalarni mikro va mezotsikllarda kombinatsion tarzda mavsum davomida qo‘llash orqali jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan yillik tayyorgarlik dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Futbol Assotsiatsiyasi hakamlarining mashg‘ulotlar jarayoniga tafbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi
03-16/8238-son ma’lumotnomasi). Natijada, hakamlarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, anaerob zonada ish qobiliyatini tushirmagan holda hakamlik faoliyatini olib borish 8,52%ga o‘sgan.