Yakupbaev Alisher Alimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali erkin kurashchilarda maxsus chidamlilikni oshirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6807.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Korabeynikov Georgiy Valerevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Aliev Iskandar Baxromovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 15-16 yoshli malakali erkin kurashchilarda maxsus chidamlilikni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun bellashuv yakunida kuzatiladigan kompensatsiya va dekompensatsiya (emotsional, sensor va kumulyativ) charchash turlarini bartaraf etishga qaratilgan to‘rtta darajali raqibning harakatlariga moslashish, harakatlarni boshqarish, konsentratsiyani saqlash va musobaqa vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish  usullarini mashg‘ulotlar jarayonida muvoffiqlikda qo‘llash hisobiga bellashuvlardagi turli murakkab taktik vaziyatlarda maxsus chidamlilikni na’moyon etish samaradorligi oshirilgan;
malakali erkin kurashchilarning musobaqa jarayonida start oldi hayajonlanish darajasini oldini olish uchun his-hayajon tonusini kamaytirishga qaratilgan indentifikatsiya (o‘zini raqibiga o‘xshatish, unga taqlid qilish) operativ, psixosomatik (vaziyatni samarali boshqarish) kabi vosita va usullar algoritmini mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish bilan final bellashuvi oldi holatida psixologik boshqarish tizimlarini optimallashtirish orqali musobaqa faoliyatining natijadorligi yakuniy bellashuvning ballari kesimida oshirilgan;
15-16 yoshli erkin kurashchilarning bellashuvlarida yuzaga keladigan charchash va toliqish holatini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan aylana dinomometrik stendda qo‘llarni turli og‘irliklar bilan aylantirish, qo‘l va oyoqlarga yuklarni bog‘lagan holda bellashuvlarni olib borish kabi mashqlar orqali jismoniy sifatlarni tizimli rivojlantirishda anaerob yo‘nalishdagi usullarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
erkin kurashchilarning turli holatlarda texnik usullarni samarali bajarish uchun tik va parter holatida turli harakat va usullarni raqib bosimida submaksimal va maksimal shiddat zonalarida  ish samarasini pasaytirmasdan bajarish bilan erkin kurashchilarning maxsus chidamliligini ifodalovchi yuklamalarni o‘zgaruvchan sur’atda variativ qo‘llash hisobiga raqibga usul bajarishdagi noqulay vaziyatlarda tana va qo‘llarning simmetrik harakat mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin kurashchilarni mashg‘ulotlar davomida maxsus mashqlar majmuasi yordamida maxus chidamliligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar asosida:
malakali erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun bellashuv yakunida kuzatiladigan kompensatsiya va dekompensatsiya (emotsional, sensor va kumulyativ) charchash turlarini bartaraf etishga qaratilgan to‘rtta darajali raqibning harakatlariga moslashish, harakatlarni boshqarish, konsentratsiyani saqlash va musobaqa vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish  usullarini mashg‘ulotlar jarayonida muvoffiqlikda qo‘llash hisobiga bellashuvlardagi turli murakkab taktik vaziyatlarda maxsus chidamlilikni na’moyon etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash  markazi sportchilarining sport mashg‘ulotlarida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 01-09/3141-son ma’lumotnomasi). Natijada PWC-170 bo‘yicha jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatkichida oraliq bosqichda 4,15%ga va tadqiqot yakunida 14,4% ga o‘sgan;
malakali erkin kurashchilarning musobaqa jarayonida start oldi hayajonlanish darajasini oldini olish uchun his-hayajon tonusini kamaytirishga qaratilgan indentifikatsiya (o‘zini raqibiga o‘xshatish, unga taqlid qilish) operativ, psixosomatik (vaziyatni samarali boshqarish) kabi vosita va usullar algoritmini mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi yakka kurash tu’rlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilarining sport mashg‘ulotlarida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 01-09/3141-son ma’lumotnomasi). Natijada manekenni o‘zgaruvchan sur’atda 3 daqiqa davomida tashlash testida tajriba guruhi erkin kurashchilarining natijalari oraliq bosqich oxiriga kelib 7,4% va tadqiqot yakuniga kelib 8,5% oshgan;
15-16 yoshli erkin kurashchilarning bellashuvlarida yuzaga keladigan charchash va toliqish holatini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan aylana dinomometrik stendda qo‘llarni turli og‘irliklar bilan aylantirish, qo‘l va oyoqlarga yuklarni bog‘lagan holda bellashuvlarni olib borish kabi mashqlarni mujassam etuvchi dastur yordamida jismoniy sifatlarni tizimli rivojlantirishda anaerob yo‘nalishdagi usullarni bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali SPMO mashg‘ulotlarida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 01-09/3141-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-erkin kurashchilarning maxsus chidamliligi 15,3% ga oshgan;
erkin kurashchilarning turli holatlarda texnik usullarni samarali bajarish uchun tik va parter holatida turli harakat va usullarni raqib bosimida submaksimal va maksimal shiddat zonalarida  ish samarasini pasaytirmasdan bajarish bilan erkin kurashchilarning maxsus chidamliligini ifodalovchi yuklamalarni o‘zgaruvchan sur’atda variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali SPMO mashg‘ulotlarida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 01-09/3141-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhida 60 soniya ichida o‘tirib-turishlar soni bo‘yicha chidamlilikka qaratilgan testda 1 va 2 bosqichlar orasida ko‘rsatkich  3,9% ni tashkil etdi, 1 va 3 bosqichlar orasidagi qiymat 10,1% ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish