Jabborova Hamida Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2148.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamraeva Shaxlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi zamonaviy radiomuloqotda nutqiy etiket  formulalarining voqelanishi hamda ularning lisoniy-nutqiy shakllari, tuzilishi va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional radiojurnalistning kasbiy faoliyatida nutqiy mahorat masalasi eshittirish turi, mavzusi, janri (axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik), turli vaziyatlar yohud nutq va bahslashuv paytidagi improvizatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi hamda nutqiy etiket formulalarining turlari, belgilarining voqelanish darajasi ommaviy auditoriyaning ijtimoiy mavqeiga asoslanganligi aniqlangan;
nutqiy etiketning maxsus til vositalari tizimida namoyon bo‘lishi ularning lisoniy → tarkibiy → kompozision tuzilishi hamda standartlik-ekspressivlik tamoyillariga asoslanishi, shuningdek, nutqiy etiket formulalarining voqelanishi radiomuloqot maqsadi va radiojurnalist etiketi hamda kommunikativ maqsadga muvofiqlik qonuniyati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
radiomuloqotda rang-baranglik effektini berish maqsadida nutqiy etiket tarikibidagi salomlashish+murojaat+iltimos, murojaat+minnatdorlik, salomlashish+uzr so‘rash, xayrlashish+tilak formulalari auditoriya bilan aloqa o‘rnatish, muloqotning davomiy bo‘lishini ta’minlash hamda ijobiy muloqot muhitini yaratish maqsadiga yo‘naltirilganligi dalillangan;   
radioauditoriyada real muloqot taassurotini uyg‘otish va radionutqning lisoniy-madaniy manzarasini yaratish nutqiy etiket formulalarining aksiologik qadriyatlar tizimida realiya sifatida shakllanishiga asoslanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
professional radiojurnalistning kasbiy faoliyatida nutqiy mahorat masalasi eshittirish turi, mavzusi, janri (axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik), turli vaziyatlar yohud nutq va bahslashuv paytidagi improvizatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi hamda nutqiy etiket formulalarining turlari, belgilarining voqelanish darajasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan “FZ-2016-0908165532 Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 7 fevraldagi 70-son ma’lumotnomasi). Natijada tilda nutqiy me’yor qonuniyatini ta’minlashga qaratilgan tamoyillar takomillashtirilgan;
nutqiy etiketning maxsus til vositalari tizimida namoyon bo‘lishi ularning lisoniy → tarkibiy → kompozision tuzilishi hamda standartlik-ekspressivlik tamoyillariga asoslanishi, shuningdek, nutqiy etiket formulalarining voqelanishiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL-21091378-raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 8-iyundagi IRD/23 130-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy etiket formulalari yordamida o‘qituvchilarni kasbiy kompetesiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
radiomuloqotda rang-baranglik effektini berish maqsadida nutqiy etiket tarikibidagi salomlashish+murojaat+iltimos, murojaat+minnatdorlik, salomlashish+uzr so‘rash, xayrlashish+tilak formulalari auditoriya bilan aloqa o‘rnatish, muloqotning davomiy bo‘lishini ta’minlashga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan “FZ-2016-0908165532 Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 7 fevraldagi 70-son ma’lumotnomasi). Natijada til normasi tamoyillarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
radioauditoriyada real muloqot taassurotini uyg‘otish va radionutqning lisoniy-madaniy manzarasini yaratish nutqiy etiket formulalarining aksiologik qadriyatlar tizimida realiya sifatida shakllanishiga oid ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 9 martdagi 17-05/41-son ma’lumotnomasi). Natijada radiomatnlarda nutqiy etiket formulalari turlari va ekspressivlik tamoyillarini to‘g‘ri qo‘llash orqali radioeshittirishlar senariylari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish