Pulatova Zamira Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolajak o‘qituvchilarda etnopedagogik bilim va tajribalarni takomillashtirish metodikasi (falsafiy fanlar misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4382.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning etnopedagogik bilim va tajribalarini rivojlantirishga qaratilgan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy oliy ta’lim tizimida etnopedagogikaning konseptual asoslari oliy ta’lim tizimida etnopedagogik va etnomadaniy anʼanalardan foydalanish samaradorligini ergonomik talablar vositasida  aniqlashning didaktik komponentlarini etnopedagogikaning kategoriya-terminologik apparatiga  didaktik va metodik tamoyillar asosida moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy bilimlar kontekstida gumanitar fanlarning etnodidaktik imkoniyatlari etnopedagogika genezisi va uning zamonaviy sharoitda gumanitar bilimlar tizimining fanlararo transformatsiyasi sifatida rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslarini etnoaksiologik ta’lim va tarbiya berishning o‘ziga xos evrestik konstruktiv, falsafiy-konseptual tamoyillariga vertikal integratsiyalash asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashning etnopedagogik  texnologiyalari etnopedagogika, aksiologiya, ontologiya, gnoseologiya va axloqiy tushunchalarni falsafiy jihatdan tadqiq etishga doir usullar va vositalarga muvofiq milliy etnopegogikaning shakllanishi va rivojlanish jarayoni metodik imkoniyatlarni kengaytirish orqali didaktik tizimda qo‘llsh asosida takomillashtirilgan;
talabalarda etnopedagogik bilimlarni yuksaltirishning pedagogik modeli falsafa fanidan dars mashg‘ulotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning etnomadaniyat, etnopedagogika kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini tizimlilik va normativlik asosda qo‘llshning algoritmik bosqichlarini aniqlshtirish va uni innovatsion ta’lim muhitiga tatbiq etishning didaktik talablarini ishlab chiqish asosida takomillshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda etnopedagogik bilim  va tajribalarni takomillashtirish metodikasi (falsafiy fanlar misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tizimida etnopedagogik va etnomadaniy anʼanalardan foydalanish samaradorligini ergonomik talablar vositasida  aniqlashning didaktik komponentlarini etnopedagogikaning kategoriya-terminologik apparatiga  didaktik va metodik tamoyillar asosida moslashtirish orqali takomillashtirilgan zamonaviy oliy ta’lim tizimida etnopedagogikaning konseptual asoslariga oid takliflar “Jamiyat va inson falsafasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazitrligining 2023 yil 29 sentayabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438-202 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasidagi axloqiy ma’naviyatini yuksaltirishning uslubiy va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
etnopedagogika genezisi va uning zamonaviy sharoitda gumanitar bilimlar tizimining fanlararo transformatsiyasi sifatida rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslarini etnoaksiologik ta’lim va tarbiya berishning o‘ziga xos evrestik konstruktiv, falsafiy-konseptual tamoyillariga vertikal integratsiyalsh asosida ochib berilgan zamonaviy bilimlar kontekstida gumanitar fanlarning etnodidaktik imkoniyatlariga oid takliflari O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida “AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida  ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituteti Qoraqalpog‘iston filialining 2024 yil 14 iyundagi 239- son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda etnopedagogik bilim va dunyoqarashni rivojlantirish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
etnopedagogika, aksiologiya, ontologiya, gnoseologiya va axloqiy tushunchalarni falsafiy jihatdan tadqiq etishga doir usullar va vositalarga muvofiq milliy etnopegogikaning shakllanishi va rivojlanish jarayoni metodik imkoniyatlarni kengaytirish orqali didaktik tizimda qo‘llsh asosida takomillshtirilgan bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashning etnopedagogik  texnologiyalari, falsafa fanidan dars mashg‘ulotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning etnomadaniyat, etnopedagogika kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini  tizimlilik va normativlik asosda qo‘llshning algoritmik bosqichlarini aniqlshtirish va uni innovatsion ta’lim muhitiga tatbiq etishning didaktik talablarini ishlab chiqish asosida takomillshtirilgan talabalarda etnopedagogik bilimlarni yuksaltirishning pedagogik modeliga iod takliflardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvini tayorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2024 yil 19 apreldagi 571-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda xalqimizning boy etnopedagogik va etnomadaniy manbalaridan unumli foydalangan xolda ijtimoiy hayotida tadbiq qilishi, shuningdek ularnnig mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy taraqqiyotini rivojlantirishga doir dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish