Maratov Temur G‘ayrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari”, 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P242.
Ilmiy rahbar: Umarov Bahriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Akramov Mirmuhsin Rustamovich, psixologiya fanlari doktori; Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy identifikatsiya shaxsni faollashtiruvchi vosita bo‘lib, u حلال وحرام (halolharom), ثواب ومعاصي (savobgunoh) singari diniy kategoriyalar bilan uyg‘unlashganda shaxs xattiharakatlarini boshqarishida asosiy rol o‘ynashi asoslangan;
individual xususiyatlar (الخصائص الفردية) shaxs xulqiy tuzilmasining asosini tashkil etgani hamda yosh davrlariga hamohang o‘zgarganligi bois o‘smirlik davrida diniy identifikatsiya shakllanish jarayonida mustaqil va keng fikrlash, qaror chiqara olish singari tafakkur yuritish xususiyatlarining ta’siri ustuvor xarakterga egaligi aniqlangan;
dunyoning nazorat qilinishi (har bir hodisa Allohning nazoratida ekanligi)ga ishonch “ratsional ishonch” (sog‘lom e’tiqod)ning asosiy komponenti bo‘lib, oilaviy muhit determinantlari ta’sirida namoyon bo‘lganda ijobiy diniy identifikatsiya shakllanishida dominantlik kasb etishi isbotlangan;
ichki diniy yo‘nalganlik (diniy amallarni ongli, tushunib bajarish) shaxs hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi asosiy omil ekanligi sababli diniy identifikatsiya barqarorligini ta’minlab, shaxsni diniy deviatsiya (mutaassiblik, ijtimoiy qadriyatlarni tan olmaslik) va boshqa radikal ta’sirlardan himoya qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishining ijtimoiypsixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
diniy identifikatsiya shaxsni faollashtiruvchi vosita bo‘lib, u حلال وحرام (halolharom), ثواب ومعاصي (savobgunoh) singari diniy kategoriyalar bilan uyg‘unlashganda shaxs hattiharakatlarini boshqarishida asosiy rol o‘ynashi asoslanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 23-sentyabrdagi 02-02/2651-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda diniy identifikatsiya muammosiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
individual xususiyatlar (الخصائص الفردية) shaxs xulqiy tuzilmasining asosini tashkil etgani hamda yosh davrlariga hamohang o‘zgarganligi bois o‘smirlik davrida diniy identifikatsiya shakllanish jarayonida mustaqil va keng fikrlash, qaror chiqara olish kabi tafakkur yuritish xususiyatlarining ta’siri ustuvor xarakterga egaligi aniqlanganligiga oid natijalar buyurtma asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 3-oktyabrdagi PM-73-son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 3-oktyabrdagi PM-73 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda diniy identifikatsiya shakllanishiga tasir etuvchi individual-psixologik vositalar va komponentlar aniqlanishiga xizmat qilgan;
dunyoning nazorat qilinishi (har bir hodisa Allohning nazoratida ekanligi)ga ishonch “ratsional ishonch” (sog‘lom e’tiqod)ning asosiy komponenti bo‘lib, oilaviy muhit determinantlari ta’sirida namoyon bo‘lganda ijobiy diniy identifikatsiya shakllanishida dominantlik kasb etishi isbotlanganligiga oid natijalar buyurtma asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 3-oktyabrdagi PM-73-son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 3-oktyabrdagi PM-73-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabayoshlar diniy identifikatsiyasi shakllanishida yosh va gender xususiyatlarning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
ichki diniy yo‘nalganlik (diniy amallarni ongli, tushunib bajarish) shaxs hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi asosiy omil ekanligi sababli diniy identifikatsiya barqarorligini ta’minlab, shaxsni diniy deviatsiya (mutaassiblik, ijtimoiy qadriyatlarni tan olmaslik) va boshqa radikal ta’sirlardan himoya qilishi dalillanganligiga oid natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar ta’limtarbiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 28-mart 3-02-21-1222-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabayoshlar diniy yo‘nalganligini aniqlash va baholash samaradorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.