Ulmasova Dildoraxon Xikmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Emotsional intellektni rivojlantirishda diniy ta’limning roli”, 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P242.
Ilmiy rahbar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Ziyodaxon Abduborievna, psixologiya fanlari doktori; Shamsiev O‘ktam Bahriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda diniy identifikatsiya shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasavvufdagi “Nazar bar qadam” (نظر بر فدم) rahshasida aks etgan solik har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosishi, har bir so‘z-amalini nazorat qilib turishi borasidagi qoida nizolarni konstrukriv usulda hal etgani bois shaxsda hissiy regulyasiya (hissiyotlarni boshqara olish) ko‘nikmasini takomillashtirishda korreksion usul sifatida foydalanish samara berishi dalillangan;
islom ta’limotidagi “umid va qo‘rquv”( الخوف والرجاء) aqidasi shaxsning hissiy barqarorligini saqlashga ko‘mak bergani sababli talabalarda emotsional intellekt komponenti bo‘lmish frustratsiyaga bardoshlilik (inson xohish va ehtiyojlarini qondira olmagan holatda hissiy barqarorlikni saqlab tura olishi) hamda adaptatsiya (yangi sharoitga oson moslashish) layoqatining ortishi isbotlangan;
diniy ta’lim muassasalari talabalarida murakkab tizim sanaluvchi g‘azab, hasad emotsiyalarini to‘g‘ri anglash hamda tartibga solish ko‘nikmalarni mustahkamlashda mutaxassislik fanlarida foydalaniladigan o‘quv materiallaridagi hislarni tushunish, samarali yo‘naltirishga oid psixodiagnositik hamda psixokorreksion xarakterdagi oyat va hadislarning o‘qitilishi ijobiy samara berishi aniqlangan: shaxsda ichki diniy yo‘nalganlik (dindan najot va xotirjamlik izlash hamda dinni xulq-atvor jihatidan tushunish) sifatlarining shakllanganligi ichki lokus nazoratni baqrarorlashtirishi hamda diniy-psixologik xususiyatlar (kechirimlilik, o‘z-o‘zini refleksiya qilish) kompetensiyalarini rivojlantirishi asoslangan;
shaxslararo munosabatlarga samarali kirishish, o‘zi hamda o‘zgalar emotsiyasini to‘g‘ri anglash hamda boshqara olish ko‘nikmalarining hosil bo‘lishida diniy ta’lim muassasalarida o‘quv rejasidagi o‘tiladigan mutaxassislik fanlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Emotsional intellektni rivojlantirishda diniy ta’limning rolini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“nazar bar qadam” (نظر بر فدم) rahshasida aks etgan solik har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosishi, har bir so‘z-amalini nazorat qilib turishi borasidagi qoida nizolarni konstrukriv usulda hal etishga ko‘mak bergani bois shaxsda hissiy regulyasiya (hissiyotlarni boshqara olish) ko‘nikmasini takomillashtirishda Korreksion usul sifatida foydalanish samara berishi aniqlangan. korreksion dasturni qo‘llash orqali talabalarning emotsional intellektni rivojlantirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 8-avgustdagi 02-02/2333 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda istifoda etilgan;
islom ta’limotidagi “umid va qo‘rquv”( الخوف والرجاء) aqidasi shaxsning hissiy barqarorligini saqlashga ko‘mak bergani sababli talabalarda emotsional intellekt komponenti bo‘lmish frustratsiyaga bardoshlilik (inson o‘zining xohish va ehtiyojlarini qondira olmagan holatda hissiy barqarorlikni saqlab tura olishi) hamda adaptatsiya (yangi sharoitga oson moslashish) layoqatining ortishiga oid dissertatsiya natijalaridan O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2024-yil 9-avgustdagi 02-03/1920-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisida stresga bardoshlilik ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
diniy ta’lim muassasalari talabalarida murakkab hissiyotlar sanaluvchi g‘azab, hasad emotsiyalarini to‘g‘ri anglash hamda tartibga solish ko‘nikmalarni mustahkamlashda mutaxassislik fanlarida foydalaniladigan o‘quv materiallaridagi hislarni tushunish, samarali yo‘naltirishga oid psixodiagnositik hamda psixokorreksion xarakterdagi oyat va hadislarning o‘qitilishi ijobiy samara berishi aniqlangan: shaxsda ichki diniy yo‘nalganlik (dindan najot va xotirjamlik izlash hamda dinni xulq-atvor jihatidan tushunish) sifatlarining shakllanganligi ichki lokus nazoratni baqrarorlashtirishi hamda diniy-psixologik xususiyatlar (kechirimlilik, o‘z-o‘zini refleksiya qilish) kompetensiyalarini rivojlantirishi borasidagi natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-noyabrdagi PM-19-son buyrug‘iga ko‘ra psixologlarni qayta tayyorlash kurslari o‘quv rejasidagi “Etnopsixologiya” va “Din psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-noyabrdagi PM-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarni malakasini oshirishga erishilgan, amaliy psixologik xizmat sifatini yangi darajaga olib chiqilgan;
shaxslararo munosabatlarga samarali kirishish, o‘zi hamda o‘zgalar emotsiyasini to‘g‘ri anglash hamda boshqara olish ko‘nikmalarining hosil bo‘lishida diniy ta’lim muassasalarida o‘quv rejasidagi o‘tiladigan mutaxassislik fanlarining ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosalar mamlakatimizda yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 4-yanvardagi 2-13-21-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning sog‘lom e’tiqod haqidagi tasavvuri kengaytirilib, radikalizmning shaxs hissiy barqarorligiga zarari haqida bilimlar berilgan.