Valixanov Ilyos Ilxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari (harbiy ta’lim misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped3340.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“motivatsiya”, “kasbiy motivatsiya”, “harbiy-kasbiy motivatsiya” kabi tushunchalarning redagogik mohiyati ehtiyojlar ierarxiyasining tarixiylik, vorisiylik, aktualligining empirik jihatini asoslash, “obekt – ehtiyoj”, “ehtiyoj – obekt” dualligiga muvofiq qadriyatli yoʻnalganlik interiorizatsiyasi eksternallashuvi dinamikligiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning daxldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi determinantlari noprofessional, statistik, dinamik ko‘rinishga ega motivlashtirish jarayonlarining ichki va tashqi ragʻbat bilan reallashuv imkoniyatlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirish modelining mazmunli komponenti faoliyatga doir nazariyaga muvofiq o‘quv-bilish, mehnat, harbiy- kasbiy faoliyat turlarini mutaxassis shaxsiga nomotettik va ideografik integratsiyalash asosida amaliy yoʻnaltirilgan faoliyat va harbiy-kasbiy vaziyatlarni modellashtirish tuzilmasini pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tirologik tavsifnomasini korreksiyalash asosida harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning tarbiyaviy ishlar mazmunini harbiy-tarixiy meros bilan boyitish, ta’lim oluvchilarni irodaviy o‘z-o‘zini yoʻnaltirish va stressga barqarorlikka o‘rgatish kabi nazariy-pedagogik shart-sharoitlari ta’limiy motivlarning personifikatsion transformasiyasini shaxsiy risklar ta’sirini bartaraf etishga adekvatiligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining harbiy-kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishda tashkil qilinadigan didaktik jarayonlarni tizimlashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“motivatsiya”, “kasbiy motivatsiya”, “harbiy-kasbiy motivatsiya” kabi tushunchalarning redagogik mohiyatini ehtiyojlar ierarxiyasining tarixiylik, vorisiylik, aktualligining empirik jihatini asoslash, “obekt – ehtiyoj”, “ehtiyoj – obekt” dualligiga muvofiq qadriyatli yoʻnalganlik interiorizatsiyasi eksternallashuvi dinamikligiga ustuvorlik berish orqali, talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning daxldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish kabi determinantlarini noprofessional, statistik, dinamik ko‘rinishga ega motivlashtirish jarayonlarining ichki va tashqi ragʻbat bilan reallashuv imkoniyatlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Jamoat xavfsizligi universiteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi uchun “O‘q otish tayyorgarligi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-726 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarda harbiy-kasbiy motivlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirish modelining mazmunli komponentini faoliyatga doir nazariyaga muvofiq o‘quv-bilish, mehnat, harbiy- kasbiy faoliyat turlarini mutaxassis shaxsiga nomotettik va ideografik integratsiyalash asosida amaliy yoʻnaltirilgan faoliyat va harbiy-kasbiy vaziyatlarni modellashtirish tuzilmasi algoritmini pedagogik loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0910202206. “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” (2016-2019 yy.) fundamental loyihasining huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarda harbiylik kasbiga qiziqish va motivlarni shakllantirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 2-noyabrdagi 02-07-3863/04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarda harbiy-kasbiy sohaga doir motivlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning tipologik tavsifnomasini korreksiyalash asosida harbiy-kasbiy motivatsiyani rivojlantirishning tarbiyaviy ishlar mazmunini harbiy-tarixiy meros bilan boyitish, ta’lim oluvchilarni irodaviy o‘z-o‘zini yoʻnaltirish va stressga barqarorlikka o‘rgatish kabi nazariy-pedagogik shart-sharoitlarini ta’limiy motivlarning personifikatsion transformatsiyasini shaxsiy risklar ta’sirini bartaraf etishga adekvatligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Jamoat xavfsizligi universiteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi uchun “O‘q otish tayyorgarligi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-726 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning harbiy-kasbiy motivatsiyasining rivojlanganligi diagnostikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.