Ismatova Nigina Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida kasbga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/Ped4754.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;  Xodjamqulov Umid Ne’matovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida kasbga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik fanlar integratsiyasi vositasida kasbga qiziqishini  rivojlantirish omillari integrativlikning raqobat va hamkorlikni rag‘batlash, kognitiv, kasbiy va shaxsiy motivlarni shakllantirishga doir xususiyatlarini pedagogik sikl fanlar integratsiyasining tayyorgarlik, reproduktiv, amaliy bosqichlar bilan korrelyasion jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik turkum fanlarining bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishlarini rivojlantirishga doir didaktik imkoniyatlari mavzu ichidagi, fanlararo integratsiyaning gorizontal, ketma-ket, aralash, vertikal yo‘nalishlariga muvofiq o‘qitish jarayonining intensivligi va optimalligiga erishishning struktur mantiqi dinamikligi produktogenligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishini pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida rivojlantirish modelining amaliy komponenti integrativ binar mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarining kouching, modulli, vebinar o‘qitish strategiyalariga ko‘ra mazmunli-didaktik tavsifini bosqichma-bosqich jadallashtirish mantiqiga muvofiqligini tarkiblab borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishini pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida rivojlantirish texnologiyasining nazariy jihatlari texnologizatsiya jarayonining konseptual, mazmunli, kasbiy komponentlarini mantiqiylik, qismlar orasidagi aloqadorlik, yaxlitlik kabi tizim elementlari bilan prognostik va proektivlik darajasi taksonomikligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida kasbga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik fanlar integratsiyasi vositasida kasbga qiziqishini  rivojlantirish omillarini integrativlikning raqobat va hamkorlikni rag‘batlash, kognitiv, kasbiy va shaxsiy motivlarni shakllantirishga doir xususiyatlarini pedagogik sikl fanlar integratsiyasining tayyorgarlik, reproduktiv, amaliy bosqichlar bilan korrelyasion jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Pedagogika sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023-yil 29-sentyabrdagi 02/01-01-134-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning umumkasbiy kompetensiyalari tizimini loyihalashga xizmat qilgan;
pedagogik turkum fanlarining bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishlarini rivojlantirishga doir didaktik imkoniyatlarini mavzu ichidagi, fanlararo integratsiyaning gorizontal, ketma-ket, aralash, vertikal yo‘nalishlariga muvofiq o‘qitish jarayonining intensivligi va optimalligini erishishning struktur mantiqi dinamikligi produktogenligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5A110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi uchun “Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” (“Metodologiya pedagogicheskix issledovaniy”) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘i, 110-051 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-tadqiqotchilarning pedagogik turkum fanlarining integratsiyalashuv imkoniyatlarini tahlil qilish malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishini pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida rivojlantirish modelining amaliy komponentini integrativ binar mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarining kouching, modulli, vebinar o‘qitish strategiyalari vositasida mazmunli-didaktik tavsifini bosqichma-bosqich jadallashtirish mantiqiga muvofiqligini tarkiblab borish asosida, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga qiziqishini pedagogik sikl fanlar integratsiyasi vositasida rivojlantirish texnologiyasining nazariy jihatlaritsh texnologizatsiya jarayonining konseptual, mazmunli, kasbiy komponentlarini mantiqiylik, qismlar orasidagi aloqadorlik, yaxlitlik kabi tizim elementlari bilan prognostik va va proektivlik darajasi taksonomikligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi uchun “Tarbiyaviy ish metodikasi” (“Metodika vospitatel`noy raboti”) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-087 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini integratsion yondashuv asosida o‘qitish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish