Avezov Mirzobek Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):   «Mintaqani kompleks rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3576.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc. 03/27.09.2024.I.55.03
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovasion yondoshuvlar asosida mintaqa iqtisodiyotini kompleks rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish xisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish dasturlarining xonadonbay ishlash, tadbirkorlar bilan manzilli ishlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlanirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan;
shahar va tumanlarni tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligi tashqi savdoning bozor nazariyasi modullari asosida baholanib,Urganch shahri, Hazorasp, Bog‘ot tumanlari o‘rtachadan yuqori (Ktc>0.5), Xiva shahri Smart (aqlli) turistik destinatsiya va klasterlar, Xiva tumanida, Shovot, Gurlan tumanlari o‘rtacha (Ktc<0.5), Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Tuproqqal’a tumanlari o‘rtachadan past (Ktc<0.3) guruhlarda ekanligi aniqlangan;
Urganch shahrida zamonaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari; Xiva shahrida kichik sanoat zonalari; Bog‘ot tumanida Qalajiqqal’a turizm kompleksi; Urganch va Yangibozor tumanlarida innovasion hudud; Shovot tumanida  Turkmanistonning Toshhovuz viloyati bilan chegaradosh hududda chegara oldi savdo zonasi;  Hazorasp tumanida erkin iqtisodiy zona samaradorligini oshirish; Gurlan, Xonqa, Yangibozor tumanlarida innovasion yondoshuvlar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash; Tuproqqal’a  tumanida IT shaharcha, yashil energiya markazini tashkil etish asoslangan;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida  innovatsiyalarni joriy qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani kompleks rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish dasturlarining xonadonbay ishlash, tadbirkorlar bilan manzilli ishlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlanirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi  “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 3-iyundagi 7-4/5108-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuzilgan  model asosida Xorazm viloyati shahar va tumanlari salohiyati baholangan, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilingan;
shahar va tumanlarni tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligi tashqi savdoning bozor nazariyasi modullari asosida baholanib, Urganch shahri, Hazorasp, Bog‘ot tumanlari o‘rtachadan  yuqori (Ktc>0.5), Xiva shahri Smart (aqilli) turistik destinatsiya va klasterlar, Xiva tumanida, Shovot, Gurlan tumanlari o‘rtacha (Ktc<0.5), Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Tuproqqal’a tumanlari o‘rtachadan past (Ktc<0.3) guruhlarda ekanligi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 4-fevraldagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 37-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 3-iyundagi 7-4/5108-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu shahar va tumanlarda eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha investisiya dasturlari ishlab chiqilgan;
Urganch shahrida zamonaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari; Xiva shahrida kichik sanoat zonalari; Bog‘ot tumanida Qalajiqqal’a turizm kompleksi; Urganch va Yangibozor tumanlarida innovasion hudud; Shovot tumanida  Turkmanistonning Toshhovuz viloyati bilan chegaradosh hududda chegara oldi savdo zonasi;  Hazorasp tumanida erkin iqtisodiy zona samaradorligini oshirish; Gurlan, Xonqa, Yangibozor tumanlarida innovasion yondoshuvlar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash; Tuproqqal’a  tumanida IT shaharcha, yashil energiya markazini tashkil etish taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi  “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 3-iyundagi 7-4/5108-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatining 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 5,2 trln. so‘mlik iqtisodiyot tarmoqlarida 428 ta investision loyihalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida  innovatsiyalarnini joriy qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 3-iyundagi 7-4/5108-son ma’lumotnomasi). Natijada 2027-yilga kelib Xorazm viloyati YaHM hajmi 1,4 barobarga, investisiyalar hajmi 2 barobarga oshishi prognoz qilinib, Xorazm viloyatida shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish