Absamatov Asqar Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini joriy qilish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3463.
Ilmiy rahbar: Xudoykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxona moliyaviy barqarorligini boshqarish tizimining shakllanishi va samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra «Islomiy bank xizmatlari», «islomy bank mahsulotlari» va «tijorat operasiyalarni islomiy moliyalashtirish» kabi tushunchalarga kengaytirilgan holda yondashuv hamda kapital qiymatini baholash mazmuniga ustunlik berilgan mualliflik ta’riflari taklif etilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarini islomiy moliyalashtirishga SOFR (Secured Overnight Financing Rate) stavkalarini ta’sirini panel regression ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) orqali moliyaviy resurslarni jalb qilgan holda murobaha shartnomasi asosida Islom darchasi xizmatlari tomonidan yuridik shaxslarga mo‘ljallangan asosiy vositalarni moliyalashtirishni ustama haqini 12 foizdan 14 foizga qadar belgilash orqali tijorat banklarining umumiy daromadini oshirish asoslangan;
Murobaha shartnomasi asosida texnika, uskuna va binolarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni yuridik shaxslar har uch oyda to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshira olmagan hollarda yuridik shaxslar bankka to‘lanishi kerak bo‘lgan yillik summaning 10% miqdorida hisoblangan summani to‘lash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud tijorat banki faoliyatida islomiy bank xizmatlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga koʼra tijorat banklari faoliyatida islomiy bank xizmatlarini joriy etish bilan bogʼliq harakatlari majmui sifatida ifodalanuvchi «Islomiy bank xizmatlari», «islomy bank mahsulotlari» va «tijorat operasiyalarni islomiy moliyalashtirish» tushunchasining mazmuni oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024-yil 25-maydagi 205-PO‘-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning islomiy bank xizmatlari va uni milly iqtisodiyotimizga joriy etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarini islomiy moliyalashtirishga SOFR (Secured Overnight Financing Rate) stavkalarini ta’sirini panel regression ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslari takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024-yil 25-maydagi 205-PO‘-sonli buyrug‘i). Mazkur prognoz ishlab chiqish uslubini oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi mutaxassislarning islomiy bank xizmatlari va uni milly iqtisodiyotimizda joriy etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mamlakatimizda xorijiy investisiyalar va kreditlar hamda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hamda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmining istiqbolli ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) orqali moliyaviy resurslarni jalb qilgan holda murobaha shartnomasi asosida Islom darchasi xizmatlari tomonidan yuridik shaxslarga mo‘ljallangan asosiy vositalarni moliyalashtirishni ustama haqini 12 foizdan 14 foizga qadar belgilash orqali tijorat banklarining umumiy daromadini oshirish taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 7-iyundagi 19/04-225-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning umumiy daromadini oshishiga, bank xizmatlari tizimining rivojlanishiga, moliyaviy xizmatlarni sifatlarini yaxshilashga va islomiy bank xizmatlarini taklif qilishga hamda mijozlari ehtiyojlarini to‘liqroq ravishda qanoatlantirish imkoni yaratilgan;
Murobaha shartnomasi asosida texnika, uskuna va binolarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni yuridik shaxslar har uch oyda to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshira olmagan hollarda yuridik shaxslar bankka to‘lanishi kerak bo‘lgan yillik summaning 10% miqdorida hisoblangan summani to‘lash taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 7-iyundagi 19/04-225-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida murobaha shartnomasi asosida texnika, uskuna va binolarni moliyalashtirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash, bank va xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (ICD) daromadlari oshishiga emas, balki islom korporatsiyasi (ICD) shariati kengashi tasdiqlangan xayriya fondini qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratilgan.