Mamadiev Boxodir Bobojonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kesh shahrining tarixiy topografiyasi (Qadimdan XX asr boshlarigacha)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.2.PhD/Tar1424  
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, Raimqulov Abdisabur Azzamovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti huzuridagi Abul Mu’in an-Nasafiy ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Atamuradovich, tarix fanlari doktori Aminov Bobir Bomuradovich.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kesh shahrining qadimgi va o‘rta asrlar, temuriylar va xonliklar davri tarixiy topografiyasi, tarixiy-topografik dinamikasi, shaharsozlik va me’morchiligi xususiyatlari, shaharning mintaqa iqtisodiy rivojida qo‘shgan hissasi, savdo-sotiq hamda  hunarmandchilik munosabatlari ahamiyatini aks ettirish  hamda urbanistika jarayonlari tarixini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
So‘g‘dning va Janubiy So‘g‘dning (Kesh) tarixiy geografiyasi va uning voha shaharsozlik madaniyatiga ta’siri, Janubiy So‘g‘dda kechgan siyosiy-ijtimoiy, (tabiiy, madaniy, demografik) jarayonlarning shaharsozlik an’analarining shakllanishi va taraqqiyotiga ta’siri, vohaning markaziy shahri va boshqa shaharlarning shakllanishidagi omillar hamda yangi topilgan antik shahar yodgorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida dalillangan;
ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Kesh shahrining tarixiy topografiyasi, shaharlarning geografik o‘rni, shaharsozlikdagi qurilish hamda me’morchilik an’analari, Chig‘atoy ulusi, Amir Temur va temuriylar davridagi Keshning tarixiy topografiyasi yangi arxeologik ma’lumotlar yordamida asoslangan;
arxeologik tadqiqotlar, dissertant tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi muzey fondlarida yig‘ilgan tarixiy ashyolar, mavzuga oid yozma (xitoy, arab, fors, qadimgi turk va boshqa tillarda) manbalar taqqoslanib, Kesh shahri tarixiy topografiyasiga doir aniqliklar dalillangan;
XVI–XX asr boshlarida Kesh (Shahrisabz) shahrining tarixiy mahallalar (guzarlar), ko‘chalar, bozorlar, madrasalar, maqbaralar, masjidlar va boshqa jamoat inshootlari topografiyasi aniqlanib, hunarmandchilik ishlab chiqarishining o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kesh shahri tarixiy topografiyasi (qadimdan XX asr boshlarigacha) ga oid ma’lumotlar tahlili natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
So‘g‘dning va Janubiy So‘g‘dning (Kesh) tarixiy geografiyasi va uning voha shaharsozlik madaniyatiga ta’siri, Janubiy So‘g‘dda kechgan siyosiy-ijtimoiy, (tabiiy, madaniy, demografik) jarayonlarning shaharsozlik an’analarining shakllanishi va taraqqiyotiga ta’siri, vohaning markaziy shahri va boshqa shaharlarning shakllanishidagi omillar hamda yangi topilgan antik shahar yodgorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Qashqadaryo viloyatidagi moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va saqlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 6-iyuldagi 04-06/2320-son ma’lumotnomasi). Natijada Keshning 2700 yillik tarixiy taraqqiyoti, shaharsozlik an’analari, arxeologik hamda me’moriy obidalari bilan bog‘liq yangi ilmiy natijalar asosida viloyat muzeylari ko‘rgazmalarini tashkil imkoniyati yaratilgan;
ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Kesh shahrining tarixiy topografiyasi, shaharlarning geografik o‘rni, shaharsozlikdagi qurilish hamda me’morchilik an’analari, Chig‘atoy ulusi, Amir Temur va temuriylar davridagi Keshning tarixiy topografiyasi yangi arxeologik ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Qashqadaryo viloyatidagi moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va saqlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 6-iyuldagi 04-06/2320-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan urbanizatsiya siyosati, zamonaviy shaharlar qurish, yosh avlodni ilg‘or g‘oyalar ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
arxeologik tadqiqotlar, dissertant tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi muzey fondlarida yig‘ilgan tarixiy ashyolar, mavzuga oid yozma (xitoy, arab, fors, qadimgi turk va boshqa tillarda) manbalar taqqoslanib, Kesh shahri tarixiy topografiyasiga doir aniqliklar “Ekspedisiya” va “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 14- avgustdagi 0231-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada Kesh-Shahrisabzning qadimgi tarixiy topografiyasi haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlarga yangi manbalar asosida etkazish orqali ko‘rsatuv saviyasini yanada oshishiga xizmat qilgan.
XVI–XX asr boshlarida Kesh (Shahrisabz) shahrining tarixiy mahallalar (guzarlar), ko‘chalar, bozorlar, madrasalar, maqbaralar, masjidlar va boshqa jamoat inshootlari topografiyasi aniqlanib, hunarmandchilik ishlab chiqarishining o‘ziga xos mahalliy xususiyatlariga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston Ipak yo‘llarida” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 14-avgustdagi 0231-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga XVI‒XX asr boshlarida Kesh (Shahrisabz) shahrining tarixiy mahallalari (guzarlar), ko‘chalari, bozorlari, madrasalari, maqbaralar, masjidlar va boshqa jamoat inshootlari topografiyasi, hunarmandchilik sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish