Nasriddinova Nozima Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryoda teatr va musiqa san’ati tarixi (XX-asrning 20-yillaridan XXI-asr boshlarigacha)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar865
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergasheva, tarix fanlari doktori, dotsent Nabi Olimovich Xushvaqov.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo vohasida teatr va musiqa san’atining rivojlanishi, milliy musiqiy merosni shakllanishi va madaniy muassasalar faoliyati tarixini ochib berishdan iborat. .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asrning 20–30-yillarida Surxon vohasining asosan Boysun va Denov hududlarida havaskor masxarabozlar va qo‘g‘irchoqbozlar truppalari faoliyat ko‘rsatganligi va ulardan professional aktyorlar etishib chiqqanligi yangi ma’lumotlar asosida dalillangan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida Ukrainaning Xarkov operetta teatrining Termiz shahrida o‘z ijodiy faoliyatini olib borishi barobarida Surxondaryo viloyat teatri bilan ijodkorlarning sahna nutqi ko‘nikmalari, tana harakatlari, mimika, artikulyasiya, musiqani eshitish va ritmni his qilish, badiiy va estetik didini rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi ijodiy hamkorligi teatr aktyorlarining ijodiy o‘sishida muhim o‘rin tutganligi asoslangan;
1960–1980-yillarda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri etarlicha professional salohiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, voha aholisining asosiy qismi xo‘jalik ishlarida bandligi tufayli etarlicha tomoshabinlarni jalb eta olmaganligi sababli asosiy faoliyatini teatrdan tashqarida – qishloq hududlarida ko‘chma spektakl va konsertlar namoyish etishga majbur bo‘lishi, teatrning moddiy-texnik bazasiga e’tiborning susayishiga olib kelganligi dalillangan;
Surxon vohasida folklor-etnografik musiqa san’ati o‘z uslubiga ega bo‘lib, necha ming yillardan beri saqlanib kelayotganligi tojik va o‘zbek xalqlari madaniyati uyg‘unligi bilan ajralib turuvchi hududlardan biri ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida teatr va musiqa san’ati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
XX asrning 20–30-yillarida Surxon vohasining asosan Boysun va Denov hududlarida havaskor masxarabozlar va qo‘g‘irchoqbozlar truppalari faoliyat ko‘rsatganligi va ulardan professional aktyorlar etishib chiqqanligi haqidagi yangi ilmiy nazariyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-avgustdagi 02-22/753-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Ukrainaning Xarkov operetta teatrining Termiz shahrida o‘z ijodiy faoliyatini olib borishi barobarida Surxondaryo viloyat teatri bilan ijodkorlarning sahna nutqi ko‘nikmalari, tana harakatlari, mimika, artikulyasiya, musiqani eshitish va ritmni his qilish, badiiy va estetik didini rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi ijodiy hamkorligi teatr aktyorlarining ijodiy o‘sishida muhim o‘rin tutganligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-avgustdagi 02-22/753-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan.
1960–1980-yillarda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri etarlicha professional salohiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, voha aholisining asosiy qismi xo‘jalik ishlarida bandligi tufayli etarlicha tomoshabinlarni jalb eta olmaganligi sababli asosiy faoliyatini teatrdan tashqarida – qishloq hududlarida ko‘chma spektakl va konsertlar namoyish etishga majbur bo‘lishi, teatrning moddiy-texnik bazasiga e’tiborning susayishiga olib kelganligi "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2023-yil 29-martdagi 02-06-466-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda urushdan keying yillardan 90-yillargacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan.
Surxon vohasida folklor-etnografik musiqa san’ati o‘z uslubiga ega bo‘lib, necha ming yillardan beri saqlanib kelayotganligi tojik va o‘zbek xalqlari madaniyati uyg‘unligi bilan ajralib turuvchi hududlardan biri ekanligi haqidagi ma’lumotlardan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2023-yil 29-martdagi 02-06-466-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va axloqiy-estetik tarbiyaviy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish