Kambarov Sardorbek Saytkamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy Farg‘ona ayrim madaniy ekinlari nematodalarining tur tarkibi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1106.
Ilmiy rahbar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Haydarova Pardaxol Boboqulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy Farg‘onaning ayrim madaniy ekinlari agrotsenozlarida uchrovchi nematodalarning tur tarkibini aniqlash va ularni ekologik-faunistik jihatdan, muhim parazit turlar sonini boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy Farg‘ona madaniy ekinlarining nematodalari faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 2 ta kenja sinf, 8 ta turkum, 10 ta kenja turkum, 18 ta katta oila, 30 ta oila, 33 ta kenja oila 49 ta avlodga mansub 114 turdan iborat bo‘lib, 28 turi ilk marta Sharqiy Farg‘ona hududida aniqlangan.
turli agrotsenozlarda nematodalar faunasi qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarqalishi asoslangan;
ilk marotaba sharqiy Farg‘ona hududi madaniy ekinlarining nematodalar jamoasining turlar boyligi indeksi tahlil qilingan, tumanlar bo‘yicha turlar boyligi indeksi 2,45 - 8,06 oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan;
ilk marotaba nematodalarning sharqiy Farg‘ona hududi balandlik mintaqasi bo‘ylab taqsimlanish xususiyatlari aniqlangan, quyi adir mintaqasida 102 tur, yuqori adir mintaqasida 82 tur, quyi tog‘ mintasida 32 turning uchrashi asoslangan;
foydali xususiyatga (tuproq unumdorligini oshirish, yirtqichlik) ega 12 tur nematodalarning tavsifi, hisobi, hajmi va tarqalish xususiyatlari izohlab berilgan, ularning sharqiy Farg‘ona hududi bo‘ylab tarqalish xaritalari tuzilgan, ulardan 2 turining kadastri shakllantirilgan;
madaniy o‘simliklarni parazit nematodalarning zararli ta’siridan himoya qilish hamda o‘simliklarning ildiz tizimiga zarar etkazuvchi nematodalar tarqalishini oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharqiy Farg‘ona ayrim madaniy ekinlari nematodalarining tur tarkibi va ekologik xususiyatlari mavzusi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jalik o‘simliklarida (makkajo‘xori - 11 tur (14,10%), sabzi - 13 tur (22,80%), karam - 6 tur (15,38%), piyoz - 7 tur (18,42%), bodring - 8 tur (19,04%)) qayd etilgan parazit nematodalari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12-fevraldagi 06/22-05/845-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlar tomonidan ekinlarni ekish va parvarishlashda parazit nematodalarni o‘z vaqtida aniqlash, nematodalarning hududlararo tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularga qarshi samarali kurash imkonini bergan;
Sharqiy Farg‘ona sharoitida nematodalar bioxilma-xilligi, tarqalish hududlari, yirtqich va tuproqlarni qayta tiklashda ahamiyatli bo‘lgan foydali turlarining populyasion holati va ularni saqlab qolish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Jalaquduq, Buloqboshi hamda Asaka tuman bo‘limlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, 2024-yil 20-martdagi № 03-03/3-2728-son ma'lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Farg‘ona hududida tarqalgan nematodalarning tur tarkibini, arealini, foydali turlarini aniqlash va saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tuproq holatini ekologik baholash hamda hududlar bioxilma-xilligini saqlab qolish imkonini bergan;
Sharqiy Farg‘ona hududida nematodalarning morfo-eko¬lo¬gik tavsifi, ularning tarqalish areallari va ekologik xususiyatlari hamda geoaxborot ma’lumotlari yaratilgan ma’lumotlar bazasi Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Jalaquduq, Buloqboshi hamda Asaka tuman bo‘limlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, 2024-yil 20-martdagi № 03-03/3-2728-son ma'lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Farg‘ona hududida tarqalgan nematodalarning geoaxborot ma’lumotlari bazasini shakllantirish, hayvonot dunyosi bioxilma-xilligining davlat monitoringi va davlat kadastrini yuritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish