Jo‘raev Muhammadyusuf Shavkatbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar shiralari (Homoptera, Aphidinea) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1029.
Ilmiy rahbar: Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Mirzakarim Mirzahalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar shiralari tur tarkibini aniqlash, ularni ekologik-faunistik jihatdan asoslash, muhim turlar biologiyasi va morfo-ekologik xususiyatlarini tavsiflash hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar shiralari tur tarkibi tahlil etilib, ular 5 oila 57 avlodga mansub 133 turdan iborat ekanligi asoslangan hamda vodiy faunasi uchun 37 tur shiralar ilk marta aniqlangan;
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklarda uchrovchi shiralar tekislik (67 tur, 50,38%), adirlik (10 tur, 7,52%), tog‘oldi (32 tur, 24,06%) va tog‘ hududi (24 tur, 18,04%) balandlik mintaqalariga mansubligi aniqlangan;
shiralarning o‘simliklar bilan trofik ixtisoslashuviga ko‘ra, monofaglar afidofaunaning 71,4 foiziga, polifaglar 22,6 foiziga hamda keng polifaglar 6,0 foiziga to‘g‘ri kelishligi asoslangan;
shiralar dorivor o‘simliklarni zararlash xususiyatiga ko‘ra – kuchli zarar etkazuvchi (67 tur), o‘rtacha darajada zarar etkazishi mumkin bo‘lgan (57 tur) hamda o‘simliklarga zarari deyarli sezilmaydigan shiralar (9 tur) guruhlariga mansubligi aniqlangan;
Callipterinella tuberculata (von Heyden, 1837), Macrosiphum rosae (Linnaeus, 1758) va Chromaphis juglandicola (Kaltenbach, 1843) turlarining mitoxondrial DNK (mtDNK) ning sitoxrom oksidaza I(COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan;
shiralarni dorivor o‘simliklarga ta’sir darajasi aniqlanib, ayni hasharotlarni populyasiyasini boshqarish va ularga qarshi kurashga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar shiralari (Homoptera, Aphidinea) faunasi va ekologiyasi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan 92 tur dorivor o‘simliklarda yashovchi 133 tur shiralarning ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularning morfo-ekologik tavsifi, bioxilma-xillik ko‘rsatkichlari, tarqalishi va geoaxborot ma’lumotlari, ekologik xususiyatlari, xo‘jalikdagi ahamiyatiga oid yangi ma’lumotlar va tavsiyalar Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Buloqboshi hamda Asaka tuman bo‘limlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 2024-yil 27-martdagi 03-03/3-2849-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tumanlarning hayvonot dunyosi bioxilma-xilligining davlat monitoringi olib borish, hayvonot dunyosi obektlari davlat kadastrini yuritish hamda hududda tarqalgan dorivor o‘simliklar va ularda yashovchi shiralarning tur tarkibini, areallarini, geoaxborot ma’lumotlari bazasini shakllantirish hamda populyasiyalarini baholash imkonini bergan;
Callipterinella tuberculata (von Heyden, 1837), Macrosiphum rosae (Linnaeus, 1758) va Chromaphis juglandicola (Kaltenbach, 1843) turlarining mitoxondrial DNK (mt DNK)ning sitoxrom oksidaza I(COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan. Bu turlarning COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2023-yil 2-4-dekabrdagi ma’lumotnomasi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Callipterinella tuberculata – OR875331, Macrosiphum rosae - OR858844, Chromaphis juglandicola OR858830 inventar raqami olingan va ular xalqaro miqyosida shiralar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish