Joniev Otabek Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Cho‘llanish jarayonida Amudaryo hozirgi deltasi tuproq qoplami strukturasining transformatsiyasi va ularni kartalashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr215.
Ilmiy rahbar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Allanazarov Kuenimjay Jannazarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘llanish jarayonida tuproq qoplami strukturasining relef elementlari va kichik deltalarning daraxsimon shakllari bilan aloqadorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo hozirgi deltasi sug‘orilmaydigan hududlar tuproq qoplami strukturasining relef elementlari bilan o‘zaro aloqadorligi ilk bor relef plastikasi usuli negizida aniqlangan;
kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan cho‘llanish jarayonidagi tuproqlarning tizimli transformatsiyasi ochib berilgan;
sug‘orilmaydigan hududlardagi Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo, Oqboshli, Qipchoqdaryo kichik deltalari va Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklarining “Elementar landshaft guruhlari” hamda “Tuproq qoplamining strukturasi” kartalari yirik masshtabli (1:25000) relef plastikasi kartalari asosida yaratilgan;
sug‘orilmaydigan hududlarning Er resurslaridan oqilona foydalanishda “Tuproq qoplamining strukturasi” ta’limoti asosida tuproqlarning relef strukturasi bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo hozirgi deltasi “Tuproq qoplamining strukturasi” va uning tabaqalanish qonuniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amudaryo hozirgi deltasi sug‘orilmaydigan hududlar tuproq qoplami strukturasining relef elementlari bilan o‘zaro aloqadorligini aniqlashning relef plastikasi usulidan Qoraqalpog‘iston Respublíkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublíkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24-maydagi №01/18-1625 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orilmaydigan erlami istiqbolda o‘zlashtirishning uzoq muddatli rejasini takomillashtirish imkonini bergan;
kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan cho‘llanish jarayonidagi tuproqlarning tizimli transformatsiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublíkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24-maydagi №01/18-1625 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz g‘arbida sodir bo‘ladigan chang-tuz ko‘chishi jarayonini tizimli monitoring qilish imkonini bergan;
sug‘orilmaydigan hududlardagi Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo, Oqboshli, Qipchoqdaryo kichik deltalari va Amudaryo o‘zanbo‘yi balandliklarining “Elementar landshaft guruhlari” hamda “Tuproq qoplamining strukturasi” kartalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublíkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24-maydagi №01/18-1625-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud geotizimlarini o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi va dinamikasini makammal tahlil qilish imkonini bergan;
sug‘orilmaydigan hududlarning er resurslaridan oqilona foydalanishda “Tuproq qoplamining strukturasi” ta’limoti asosida tuproqlaming relef strukturasi bilan bog‘liqligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublíkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24-maydagi №01/18-1625 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, yirik masshtabli relef plastikasi kartalarida o‘zanlararo balandliklarda bir tomondan sunʼiy suv havzalarini tashkil etish oqibatida baliqchilikni rivojlantirishga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa bu kichik suv havzalari tuproqlarning avtomorf rejimidan gidromorf rejimiga o‘tishi mumkinligini asoslash imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish