Sagiraev Nodir Jumakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda qizilo‘ngach kuyishini davolashda xirurgik taktika”, 14.00.35 - Bolalar xururgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2578.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Azamat Muxidinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
RJ faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Podkamenov Aliksey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kirov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diagnostika va jarrohlik taktikasini optimallashtirish orqali bolalarda qizilo‘ngach kuyishini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘ttiz yillik klinik kuzatuvlar natijasida qizilo‘ngachning kuyish chastotasi bolalar yoshiga, travmatik vosita turiga, kasallikning davomiyligiga va zararlanishning ogirlik darajasiga qarab aniqlangan;
bolalarda qizilo‘ngachning birinchi darajali kuyishi 22,5% hollarda halqumning kuyishi bilan kechishi aniqlangan va ularda 3-4 kun davomida reanimatsiya bo‘limida intensiv terapiya o‘tkazilishi zarurligi asoslangan;
ilk bor bolalarda qizilo‘ngachning uchinchi darajali kuyishlarida jarrohlik taktikasi yo‘naltiruvchi tor orkali erta (2-3 hafta) bujlash usuli yordamida takomillashtirilgan;
ilk bor bolalarda qizilo‘ngach kuyishi uchun tavsiya etilgan diagnostika va davolash kompleksining yuqori samaradorligi (yaxshi natijalarni 83,3% gacha oshishi) kasallikning davomiyligiga, kuydiruvchi vositaning turiga va patologik o‘zgarishlarning og‘irlik darajasiga qarab asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qizilo‘ngach kuyishini davolashda xirurgik taktika bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘ttiz yillik klinik kuzatuvlar natijasida qizilo‘ngachning kuyish chastotasi bolalar yoshiga, travmatik vosita turiga, kasallikning davomiyligiga va zararlanishning ogirlik darajasiga qarab aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert  kengashi tomonidan 2023 yil 25 mayda 51-son bilan tasdiqlangan “Bemorlarda qizilo‘ngach kuyishini xirurgik davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bulimi bo‘yicha  28.07.2023 yildagi  45-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshlinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali bolalar xirurgik jaroxatlanishlar  bo‘limi bo‘yicha 28.07.2023 yil 4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/58-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda qizilo‘ngach kuyishida diagnostika va qizilo‘ngach chandiqli torayishlarini yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash taktikasi tibbiyotda yangilandi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida Bolalarda qizilo‘ngach kuyishlarini diagnostika qilish va chandiqli torayishlarida yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning sog‘lomlashishi tezlashadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda qizilo‘ngachning birinchi darajali kuyishi 22,5% hollarda halqumning kuyishi bilan kechishi aniklangan va ularda 3-4 kun davomida reanimatsiya bo‘limida intensiv terapiya o‘tkazilishi zarurligi asoslangan va  ular bo‘yicha takliflar  Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert  kengashi tomonidan 2023 yil 25 mayda 51-son bilan tasdiqlangan “Bemorlarda qizilo‘ngach kuyishini xirurgik davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limi bo‘yicha  28.07.2023 yildagi  45-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshlinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali bolalar xirurgik jaroxatlanishlar bo‘limi bo‘yicha 28.07.2023 yil 4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/58-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda qizilo‘ngach kuyishida diagnostika va qizilo‘ngach chandiqli torayishlarini yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash taktikasi tibbiyotda yangilandi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida Bolalarda qizilo‘ngach kuyishlarini diagnostika qilish va chandiqli torayishlarida yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning sog‘lomlashishi tezlashadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda qizilo‘ngachning uchinchi darajali kuyishlarida jarrohlik taktikasi yo‘naltiruvchi tor orkali erta (2-3 hafta) bujlash usuli yordamida takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert  kengashi tomonidan 2023 yil 25 mayda 52-son bilan tasdiqlangan “Bemorlarda qizilo‘ngach kuyishi. Tarqalishi, sabablari, davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limi bo‘yicha  28.07.2023 yildagi  45-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshlinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali bolalar xirurgik jaroxatlanishlar bo‘limi bo‘yicha 28.07.2023 yil 4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/58-son xulosasi)  Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda qizilo‘ngach kuyishida diagnostika va qizilo‘ngach chandiqli torayishlarini yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash taktikasi tibbiyotda yangilandi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida Bolalarda qizilo‘ngach kuyishlarini diagnostika qilish va chandiqli torayishlarida yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning sog‘lomlashishi tezlashadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda qizilo‘ngach kuyishi uchun tavsiya etilgan diagnostika va davolash kompleksining yuqori samaradorligi (yaxshi natijalarni 83,3% gacha oshishi) kasallikning davomiyligiga, kuydiruvchi vositaning turiga va patologik o‘zgarishlarning og‘irlik darajasiga qarab asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert  kengashi tomonidan 2023 yil 25 mayda 52-son bilan tasdiqlangan “Bemorlarda qizilo‘ngach kuyishi. Tarqalishi, sabablari, davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limi bo‘yicha  28.07.2023 yildagi  45-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshlinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali bolalar xirurgik jaroxatlanishlar bo‘limi bo‘yicha 28.07.2023 yil 4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/58-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda qizilo‘ngach kuyishida diagnostika va qizilo‘ngach chandikli torayishlarini yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash taktikasi tibbiyotda yangilandi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida Bolalarda qizilo‘ngach kuyishlarini diagnostika qilish va chandiqli torayishlarida yo‘naltiruvchi tor orqali bujlash usulida davolash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning sog‘lomlashishi tezlashadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish