Nasimova Nigina Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Genital prolapsning turli shakllari mavjud bo‘lgan ayollarda chanoq tubi etishmovchiligining patogenezi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi” 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSs /Tib682.
Ilmiy maslaxatchi: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna - tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumova Dilrabo Talmasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Boboev Abdukodir Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi genital prolapsni turli shakllari mavjud bo‘lgan ayollarda chanoq tubi etishmovchiligining patogenezi, morfo-genetik xususiyatlari o‘rganish xamda diagnostika, jarrohlik hajmini individual tanlash orqali davolash, profilaktika va reabilitatsiya kompleks chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli jarroxlik aralashuvlaridan keyin chanoq tubi etishmovchiligining qaytalanish sabablari, siydik ajralishining buzilish belgilarini aniqlash xamda genetik tadkikot natijalarni taxlil qilish orqali  yangi davolash va reabilitatsiya usuli ishlab chikilgan;
chanok tubi etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda o‘tkazilgan plastik jarrohlik amaliyotidan keyingi TVT-40,6%, bachadon ventrofiksatsiyasi-10,9%, MESH vaginoplastiklar 6,3% va Prolift 7,8% kabi residivlar xolati aniklangan;
    ilk bor chanok tubi etishmovchiligi  kuzatilgan bemorlarda COL1A1 (rs1800012) gening gomozigot T\T genotipi va COL3A1 (rs1800255) genning A\A genotipi tashuvchilarida jinsiy a’zolarning prolapsini rivojlanish xavfini yukoriligi isbotlangan;
    ilk bor ESR1 (rs9340799) estrogen reseptorlari geni polimorfizmining A alleli va A/A mutant genotipini tashuvchilarida jinsiy prolapsning og‘ir shaklini rivojlanish xavfi 3,8 marta, progesteron reseptorlari – PGR (rs1042838) geni G\T genotip mavjud ayollarda kasallikning rivojlanish xavfi 2,5 baravar xamda vitamin D reseptorlari – D-VDR (rs731236) geni S allel T\S genotipi uchragan bemorlarda jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish xavfi 2,1 marta oshishi isbotlangan;
skrining asosida chanoq tubi etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarni boshqarish, davolash va profilaktika choralarini tanlash xamda xavf guruhlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmning yuqori samaradorligi (80,7%) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Genital prolapsning turli shakllari mavjud bo‘lgan ayollarda chanoq tubi etishmovchiligining patogenezi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor turli jarroxlik aralashuvlaridan keyin chanoq tubi etishmovchiligining qaytalanish sabablari, siydik ajralishining buzilish belgilarini aniqlash xamda genetik tadkikot natijalarni taxlil kilish orqali  yangi davolash va reabilitatsiya usuli (IAP 0644) ishlab chikilgan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziriligining 2023 yil 30 yanvardagi 8n p/174-son bilan tasdiqlangan va “Genital prolapsning turi shakllari kuzatilgan bemorlarda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotidan keyngi kompleks reabilitatsiya dasturi” nomli uslubiy tavsiyanoma va Intelektual mulk agentligi tomonidan 2024 yil 06 iyundagi № IAP 0644 berilgan “Genital prolaps bulgan ayollarda chanok tubi etishmovchiligining transvaginal jarroxlik davolash usuli” nomli ixtiro mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 2 son tug‘ruq majmuasi 18.07.2022 yil 511-son buyrug‘i bilan, Kattako‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasi 15.11.2022 yil 255-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erishilgan natijalar genital prolapsining erta aniqlash, qiyosiy tashxis o‘tkazish, davolash chora-tadbirlarini erta boshlash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga, kasallikni asoratlarni rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genital prolaps bulgan ayollarda chanok tubi etishmovchiligining transvaginal takomillashtirilgan jarroxlik usuli bilan davolash natijasida har 1 bemor uchun 338029 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar iktisod kilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chanok tubi etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda o‘tkazilgan plastik jarrohlik amaliyotidan keyingi TVT-40,6%, bachadon ventrofiksatsiyasi-10,9%, MESH vaginoplastiklar 6,3% va Prolift 7,8% kabi residivlar xolati aniklangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziriligining 2023 yil 30 yanvardagi 8n p/174-son bilan tasdiqlangan va “Genital prolapsning turi shakllari kuzatilgan bemorlarda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotidan keyngi kompleks reabilitatsiya dasturi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 2 son tug‘ruq majmuasi 18.07.2022 yil 511-son buyrug‘i bilan, Kattako‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasi 15.11.2022 yil 255-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: erishilgan natijalar genital prolaps kuzatilgan bemorlarda kasallik faolligini va erta tashxislash, kasallikni davolash chora tadbirlarini belgilash va hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi xamda jarroxli yo‘li bilan davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorning erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bemorlar salomatligi tiklanishi tezlashadi xamda bemor shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 4 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 614 598 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor chanok tubi etishmovchiligi  kuzatilgan bemorlarda COL1A1 (rs1800012) gening gomozigot T\T genotipi xamda COL3A1 (rs1800255) genlarining geterozigotali A\A genotipining tashuvchilarida genital prolapsini rivojlanish xavfini yukori ekanligi  isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziriligining 2023 yil 30 yanvardagi 8n p/173-son bilan tasdiqlangan va “Genital prolapsning etiologiya va patogineziga zamonaviy karashlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 2 son tug‘ruq majmuasi 18.07.2022 yil 511-son buyrug‘i bilan, Kattako‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasi 15.11.2022 yil 255-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorlarda, ChTE patologiyasini erta tashxislash uchun COL1A1 (rs1800012) va COL3A1 (rs1800255) genlari va allellarining tarqalishini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish natijasida individual genetik xaritani tuzish orkali kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorlarda ChTE kasalliklarini aniqlash uchun genetik taxlillar olib borish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat kilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izoxlanadi. Buning natijasida bemorlarni stotsionarga murojaatlari sonini kamaytirishiga, 1 kunlik qatnov uchun 36000 so‘m sarflansa, 10 nafar bemorlarga qatnov uchun stotsionarga xizmat ko‘rsatish umumiy 360000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ESR1 (rs9340799) estrogen reseptorlari geni polimorfizmining A alleli va A/A mutant genotipini tashuvchilarida jinsiy prolapsning og‘ir shaklini rivojlanish xavfi 3,8 marta, progesteron reseptorlari – PGR (rs1042838) geni G\T genotip mavjud ayollarda kasallikning rivojlanish xavfi 2,5 baravar xamda vitamin D reseptorlari – D-VDR (rs731236) geni S allel T\S genotipi uchragan bemorlarda jinsiy prolapsning rivojlanish xavfi 2,1 marta oshishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziriligining 2023 yil 30 yanvardagi 8n p/173-son bilan tasdiqlangan va “Genital prolapsning etiologiya va patogineziga zamonaviy karashlar” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 2 son tug‘ruq majmuasi 18.07.2022 yil 511-son buyrug‘i bilan, Kattako‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasi 15.11.2022 yil 255-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorlarda jinsiy prolapsning rivojlanish xavfining erta tashxislashni uchun ESR1(rs9340799), PGR (rs1042838) va D-VDR (rs731236) genlari va allellarining tarqalishini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan izoxlangan. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 100000 so‘m sarflanadi, GP kuzatilgan bemorlarda qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: skrining asosida chanoq tubi etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarni boshqarish, davolash va profilaktika choralarini tanlash xamda xavf guruhlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmning yukori samaradorligi (80,7%) isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziriligining 2023 yil 30 yanvardagi 8n p/175-son bilan tasdiqlangan va “Jinsiy prolapsning turli shakllari bo‘lgan ayollarning hayot sifatini qiyosiy baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 2 son tug‘ruq majmuasi 18.07.2022 yil 511-son buyrug‘i bilan, Kattako‘rgon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq majmuasi 15.11.2022 yil 255-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, faolligi va kasalikning bosqichiga qarab hamda an’anaviy genital prolapsning xavf omillari uchrash chastotasini hisobga olgan holda, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun algaritm yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: genital prolaps kuzatilgan bemorlarda jinsiy a’zolar prolapsini patologiyasini erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni qisqarganligi xisobida byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish