Muqumova Dilrabo Inatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped687.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turaqulov Olim Xolbo‘taevich,pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion tizimli yondashuv asosida talabalarni o‘quv jarayoniga moclashishining ijtimoiy, psixologik, pedagogik va konseptual asoslarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
“Kasb ta’limi” yo‘nalishitalabalarini o‘qitishning konseptual, mazmunli-texnologik, baholash-analitik funksional xususiyatlari hamda mustaqil ta’lim mazmunini integratsiyalash asosida o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim-tarbiya shakllari va metodlari asosida talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish modeli differensial-integrativ metodlar asosida ishlab chiqilgan;
kasbiy sifatlarni pedagogik o‘zaro ixtiloflarni boshqarish texnologiyasi kasbiy o‘zini o‘zi anglash, kasbiy kompetentlik, kasbiy refleksivlik, kasbiy xulq-atvor asosida kasbiy moslashish jarayonini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion tizimli yondashuv asosida talabalarni o‘quv jarayoniga moclashishining ijtimoiy, psixologik, pedagogik va konseptual asoslarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2206-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish va didaktik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha pedagogik muammolarini hal etishga xizmat qilgan;
“Kasb ta’limi” yo‘nalishitalabalarini o‘qitishning konseptual (conceptual), mazmunli-texnologik (meaningful-technological), baholash-analitik (evaluation and analytical) funksional xususiyatlari hamda mustaqil ta’lim mazmunini integratsiyalash asosida o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 29-son buyrug‘i bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bakalavriat yo‘nalishlarining malaka talablari va “Valeologiya asoslari” fanidan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2206-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlar bo‘yicha bilimlarini hamda kasbiy moslashishga tizimli yondashuv asosida taqdim etishga xizmat qilgan;
pedagogik o‘zaro ixtiloflarni boshqarish texnologiyasi (pedagogical conflict management technology) kasbiy o‘zini o‘zi anglash (professional self-awareness), kasbiy kompetentlik (professional competence), kasbiy refleksivlik (professional reflexivity), kasbiy xulq-atvor (professional behavior) asosida ishlab chiqilgan kasbiy moslashish jarayonini tashkil etish metodikasi orqali talabalarning o‘quv jarayoniga samarali moslashishining pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflari “Talabalarning o‘quv jarayoniga moslashish xususiyatlari” uslubiy qo‘llanmasi, “Oliy ta’lim muassasalari birinchi bosqich talabalarining o‘quv jarayoniga samarali moslashishi” maxsus kurs dasturi, “Umumkasbiy fanlardan izohli lug‘at”, “Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining kasbiy moslashuvining nazariy va uslubiy asoslari” nomli monografiya ishlab chiqilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2206-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga va fanlardan egallanayotgan bilim, ko‘nikma hamda malakalarni chuqurlashtirishga xizmat qilgan.