Tashpulatov Muzaffar Fayzillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «XX asrning 20-40 yillarida o‘zbek musiqashunosligining shakllanishi», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San115.
Ilmiy rahbar: Qosimxo‘jaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Rustambek Samigovich Abdullaev, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Begmatov Soyibjon Maxmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jadid ma’rifatchilarining musiqaga oid qarashlarini rusiyzabon olimlarning evropacha yondashuvlari bilan qiyosiy baholab, XX asr O‘zbekiston musiqa ilmining shakllanishiga asos bo‘lgan omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek musiqashunosligi ilm sifatida jadidlarning musiqiy ta’limga pedagogik-psixologik, ijtimoiy-falsafiy jihatdan yoritilish, G‘arb musiqasi bilan uyg‘unlashtirish, musiqani milliy ma’rifat vositasi sifatida ko‘rish, musiqiy tanqid va bahslar orqali taraqqiyotga intilish kabi g‘oyalari ta’sirida shakllanganligi aniqlangan;
Cho‘lpon qalamiga mansub “Risolai mehtarlik” risolasi tarjimasi davr hujjati sifatida ustoz-shogird munosabatlari va musiqa tarixiga doir ma’lumotlar mavjudligi, ko‘p asrlik ma’rifat, haqiqat, an’ana, urf-odat, musiqiy falsafasi, musiqiy ta’limotlar va axloqiy meʼyorlar kabi qadriyatlar saqlanib qolganligi, islom va musiqa munosabatlari teran ildizlarga ega ekanligi isbotlangan;
XX asr boshlarida sharq musiqiy tajribasi va evropa ilmi mushtarakligida musiqa sanʼati diniy-teologik qarashlardan ajralishi natijasida O‘zbekistonda uning ilmiy nazariy asoslari – musiqashunoslik, solfedjio, folklorshunoslik, musiqiy tanqidchilik tarmoqlari yuzaga kelganligi, klassik musiqa, opera, xor ijrochiligi kabi janrlari paydo bo‘lganligi dalillangan;
XX asr boshlari o‘zbek musiqasining shakllanishida milliy maqom va folklor namunalarini qog‘ozga tushirish maqsad qilingan nota tizimining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asr boshlari o‘zbek musiqasining shakllanishida milliy maqom va folklor namunalarini qog‘ozga tushirish maqsad qilingan nota tizimining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi yuzasidan xulosa “Nota tarixi va musiqiy dasturlar bilan ishlash” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2020-yil 30-noyabrdagi 4-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalar o‘zbek musiqasi tarixi, o‘ziga xos ilmiy qarashlar kabi yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
o‘zbek musiqashunosligi ilm sifatida jadidlarning musiqiy ta’limga pedagogik-psixologik, ijtimoiy-falsafiy jihatdan yoritilish, G‘arb musiqasi bilan uyg‘unlashtirish, musiqani milliy ma’rifat vositasi sifatida ko‘rish, musiqiy tanqid va bahslar orqali taraqqiyotga intilish kabi g‘oyalari ta’sirida shakllanganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Musiqa javoni”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Soz jarangi” dasturlari ssenariyasini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 26-apreldagi 04-36-636-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar o‘zbek musiqashunosligi shakllanishi yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar.
Cho‘lpon qalamiga mansub “Risolai mehtarlik” risolasi tarjimasi davr hujjati sifatida ustoz-shogird munosabatlari va musiqa tarixiga doir ma’lumotlar mavjudligi, ko‘p asrlik ma’rifat, haqiqat, an’ana, urf-odat, musiqiy falsafasi, musiqiy ta’limotlar va axloqiy meʼyorlar kabi qadriyatlar saqlanib qolganligi, islom va musiqa munosabatlari teran ildizlarga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2023-yil 25-apreldagi 01-04/35-75-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh bastakor va musiqashunoslar o‘zbek musiqashunosligining yaqin o‘tmishi – XX asr 20-40 yillari xususida yangi bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.
XX asr boshlarida sharq musiqiy tajribasi va evropa ilmi mushtarakligida musiqa sanʼati diniy-teologik qarashlardan ajralishi natijasida O‘zbekistonda uning ilmiy nazariy asoslari – musiqashunoslik, solfedjio, folklorshunoslik, musiqiy tanqidchilik tarmoqlari yuzaga kelganligi, klassik musiqa, opera, xor ijrochiligi kabi janrlari paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Musiqa javoni”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Soz jarangi” nomli dasturlar ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 26-apreldagi 04-36-636-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh musqashunos va musiqa iixlosmandlari uchun o‘zbek musiqashunosligi shakllanishi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoni yaratilgan.