Erkaev Nurali Ikramjan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kompozitorlarining simfonik asarlarida orkestrlashtirish  masalalari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/San263.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Begmatov Soyibjon Maxmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlarining simfonik asarlarida orkestrlashtirishning mohiyati, milliy usul va ohanglarning qo‘llanilishidagi evolyusiyasi, tembr va fakturalarga nisbatan  zamonaviy jarayondagi yangicha yondashuvlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirsodiq Tojiev simfoniyalarida aks ettirilgan maqom asarlari, respublikamiz hududiy lokal o‘ziga xosliklar negizidagi asarlarning polifonik, geterofonik, giperpolifonik kabi an’analarga qaratilganligiga ko‘ra xoral va puantilistik uslubga       musiqiy tilning ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
orkestrlashtirish talqini o‘zbek milliy sozlari sadolarini aks ettirish jarayonida orkestrning sof ohanglar jarangi etarli darajada ifodalay olmasligi sababli metroritm, lad xususiyatlarining frigiy va variantliylik kabi monodik tamoyillarga asoslanganligi ochib berilgan;
musiqiy tembrona ranglarni orkestrlashtirish jarayonida qo‘llanilishining sun’iy (ikki va undan ortiq cholg‘ular ishtirokida) va tabiiy (cholg‘uning registr va ijro imkoniyati) uslublarini asoslab beruvchi kamer va to‘liq orkestr tarkibidagi kombinatsiyalarning asar davomidagi kontrastligi, registrlarning joylashuviga ko‘ra o‘zaro ohangdorlik xususiyati ochib berilgan;
orkestrlashtirish va u bilan bog‘liq tushunchalarning amaliyotda qo‘llanishidagi mikst, kombinatsiya, cholg‘ulashtirish atamalarining murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanishidagi mazmun-mohiyati ochib berilib, ularning ilmiy-nazariy, tembr va fakturaviy ko‘rinishlari O‘zbekiston kompozitorlari simfonik tafakkuri orqali musiqiy asarlar talqinlardagi takomili dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirsodiq Tojiev simfoniyalarida aks ettirilgan maqom asarlari, respublikamiz hududiy lokal o‘ziga xosliklar negizidagi asarlarning polifonik, geterofonik, giperpolifonik kabi an’analarga qaratilganligiga ko‘ra xoral va puantilistik uslubga   musiqiy tilning ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi  “Bastakorlikni o‘qitish uslubiyoti” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-217 son bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Natijada O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasining 3, 4-kurs talabalari “Bastakorlikni o‘qitish uslubiyoti” fani bo‘yicha foydalanib, orkestrlashtirishni o‘qitish ko‘nikmalarini shakllantirgan;
orkestrlashtirish talqini o‘zbek milliy sozlari sadolarini aks ettirish jarayonida orkestrning sof ohanglar jarangi etarli darajada ifodalay olmasligi sababli metroritm, lad xususiyatlarining frigiy va variantliylik kabi monodik tamoyillarga asoslanganligi  O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida “O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida cholg‘ulashtirish masalalari: o‘tmish va zamonaviy tamoyillarining qo‘llanilishi” (simfonik asarlar misolida)” mavzusida ijodiy uchrashuvda foydalanildi (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2022-yil 9-dekabridagi 01-04/104-237-son maʼlumotnomasi). Natijada ijodiy uchrashuv, seminar ishtirokchilari A.Kozlovskiyning orkestrlashtirish uslubidagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan alohida tanishdilar va yosh kompozitorlarning ijodida qo‘llanilganligini anglagan;
musiqiy tembrona ranglarni orkestrlashtirish jarayonida qo‘llanilishining sun’iy (ikki va undan ortiq cholg‘ular ishtirokida) va tabiiy (cholg‘uning registr va ijro imkoniyati) uslublarini asoslab beruvchi kamer va to‘liq orkestr tarkibidagi kombinatsiyalarning asar davomidagi kontrastligi, registrlarning joylashuviga ko‘ra o‘zaro ohangdorlik xususiyati O‘zbekiston davlat filarmoniyasida “Mustaqillik yillarida cholg‘ulashtirish masalalari” mavzusida orkestr sozandalari bilan amaliy mashg‘ulotlar, seminar olib borildi (O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 2022-yil 14-dekabrdagi maʼlumotnomasi). Natijada orkestr sozandalari kompozitorning Konsert asarida orkestrlashtirish uslubi, yangiliklari, yondashuv va badiiy-ijodiy g‘oyalari tahlil qilinib, zamonaviy texnikalarni o‘zlashtirish muammolarini keng yoritishga imkon berdi;
orkestrlashtirish va u bilan bog‘liq tushunchalarning amaliyotda qo‘llanishidagi mikst, kombinatsiya, cholg‘ulashtirish atamalarining murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanishidagi mazmun-mohiyati ochib berilib, ularning ilmiy-nazariy, tembr va fakturaviy ko‘rinishlari O‘zbekiston kompozitorlari simfonik tafakkuri orqali musiqiy asarlar talqinlardagi takomili alohida qayd etilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2023-yil 20-yanvardagi 9-son maʼlumotnomasi). Natijada tinglovchilar O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida maqom an’analari, orkestrlashtirishdagi namunalari va yangiliklari haqida maʼlumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish