Zubaydov Fazliddin Fayzievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida hayvonlar quturish kasalligi epizootologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V53
Ilmiy rahbar: Salimov Hait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Habibullo Oblokulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Hatamov Akbar Hudoyberdievich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining tumanlari hududlarida hayvonlar quturish kasalligi tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning epizootologiyasida tabiiy o‘choqlarning (yovvoyi hayvonlar) rolini o‘rganish asosida unga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan kompleks tadbirlar tizimini yaratish hamda quturish virusiga qarshi geterogen giperimmun qon zardobining hayvonlarda profilaktik samaradorligini aniqlashdan va kasallikni immunodiffuziya reaksiyasida diagnostika qilish uchun monomaxsus giperimmun qon zardobi tayyorlash va uning samaradorligiga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari hududlarida quturish kasalligi so‘nggi 17 yil (2006-2022 yy.) davomida eng ko‘p itlarda (78,43%), qoramollarda (11,76%), nisbatan kamroq yovvoyi hayvonlar (3,92%) va mushuklarda bo‘lishi (3,92%), eng kam kasallik eshaklarda (1,96%) uchrashi, tuya va otlar orasida umuman qayd qilinmaganligi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida keyingi yillarda (2011-2022 yy.) quturishga qarshi ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va ilmiy asoslangan tizimni muntazam amaliyotga joriy qilish asosida ilgari o‘ta murakkab epizootik vaziyat kuzatilgan mintaqada yaxshi va barqaror sog‘lom epizootik vaziyat barpo qilishga va 2006-2010 yillarga nisbatan 2 marta kasallikni kamayishiga erishilgan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida yovvoyi hayvonlardan ajratilgan 4 ta epizootik virus shtammlarining barcha tur hayvonlar uchun patogenligi bir xil emasligi va ularning virulentligi bevosita ularni moyil hayvonga passaj qilish muddatiga bog‘liqligi itlarda o‘tkazilgan o‘tkir tajribalarda aniqlangan;
ilk bor quturish kasalligiga qarshi eshaklarni quturish virusi antigeni bilan giperimmunlash asosida geterogen giperimmun qon zardobi ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
quturish epizootik virusi bilan zararlantirilgandan 3, 5 va 7 kundan keyin teri ostiga 1 ml/kg dozada geterogen giperimmun qon zardobi yuborilgan quyonlarda kasallikka qarshi profilaktik samaradorlik etarli bo‘lishi va aksincha, virus yuborilgandan 9 va 11 kun keyin esa, profilaktik samaradorlik umuman bo‘lmasligi quyonlardagi tajribalarda aniqlangan;
quturish epizootik virusi yuborilgandan 3, 5 va 8 kundan so‘ng teri ostiga 1ml/kg dozada geterogen giperimmun qon zardobi yuborilgan it va qo‘ylarda kasallikka qarshi profilaktik samaradorlik etarli bo‘lishi va aksincha virus bilan zararlantirilgandan 10 va 12 kun keyin esa, profilaktik samaradorlik umuman bo‘lmasligi it va qo‘ylarda o‘tkir tajribalarda isbotlangan;
ilk bor quturish kasalligini immunodiffuziya reaksiyasida diagnostika qilish uchun quyonlarni vaksina va virus fixe antigenlari bilan maxsus sxema asosida giperimmunlash asosida monomaxsus giperimmun qon zardobi olishga erishilgan va uning diagnostik samaradorligiga baho berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi quturish bo‘yicha nosog‘lom hududlarda barcha tur hayvonlar orasida quturish kasalligi epizootologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning diagnostikasi va unga qarshi  kurashish choralarini takomillashtirish yo‘nalishlarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
“Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi takomillashgan kurashish tadbirlari bo‘yicha Tavsiyanoma” tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-yanvaridagi 02/23-04-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma veterinariya amaliyotida keng qo‘llanilmoqda;
“Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimi” tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-yanvaridagi 02/23-04-son ma’lumotnomasi). Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida barcha tur hayvonlar orasida quturish kasalligini keskin kamayishiga erishilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayvonlar orasida quturish keyingi 17 yil (2006-2022 yy.) davomida 2 barobar kamayishiga erishilgan. Ushbu Respublika hududlarida 2022 yildan buyon quturish kasalligi ro‘yxatga olinmagan. Qo‘ylar quturish kasalligining oldini olishda geterogen giperimmun qon zardobining iqtisodiy samaradorligi bir so‘m xarajatga 9,45 so‘m sof foydani tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish