Abdinabiev Otayorjon Baxtiyor o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Itlar dirofilyariozining epizootologiyasi, davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqish (Samarqand viloyati misolida)”, 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V109.
Ilmiy rahbar: Safarov Alisher Abduqahor o‘g‘li, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov O‘tkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; G‘oipova Mo‘tabar Ergashevna, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining shahar va qishloq hududlarida tarqalgan itlar dirofilyariozini epizootologik holatini baholash, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati shahar va qishloq hududlarida itlarda tarqalgan dirofilyariozning epizootologiyasi o‘rganilgan va kasallik qo‘zg‘atuvchilari sifatida D. immitis va D. repens nematoda turlari aniqlangan;
itlar dirofilyariozining tarqalishi parazitar tizim komponentlarining biotsenotik munosabatlari va Samarqand viloyatining o‘ziga xos ekologik hamda funksional hususiyatlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
itlar o‘rtasida dirofilyariozning epizootologik holati baholangan hamda Urgut (55,5%), Jomboy (42,8%) va Payariq (42,2%) tumanlari nosog‘lom hududlar sifatida belgilangan;
itlarda aniqlangan dirofilyarioz qo‘zg‘atuvchilaridan D. immitis va D. repens nematoda turlari molekulyar-genetik jihatdan tahlil qilingan va xalqaro GenBank bazasida saqlash uchun joylashtirilgan;
ilk bor itlar dirofilyariozining klinik belgilari ro‘yxati ishlab chiqilgan va kasallikka tashxis qo‘yish maqsadida Knott test usuli tashxislashning maqbul usuli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Itlar dirofilariozining epizootologiyasi, davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqish (Samarqand viloyati misolida) bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
“Itlar dirofilyariozi epizootologiyasi, davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan va Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari IIB PPX va JTSB kinologiya xizmatiga qarashli xizmat itlariga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 iyundagi №02/23-388-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining xizmat itlarida dirofilyarioz kasalligini sezilarli darajada kamaytirishga hamda ularning bosh sonini saqlab qolinishiga erishilgan;
itlar dirofilyariozini davolashda “DirofenR” preparati 1 tab/20 kg, “Gel`mintol” suspenziyasi 2 ml/10 kg og‘iz orqali birgalikda qo‘llash, oldini olishda “Gel`mintol” suspenziyasidan 2 ml/10 kg har chorakda bir marta og‘iz orqali qo‘llashga asoslangan usullar ishlab chiqilib veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 iyundagi № 02/23-388-son ma’lumotnomasi). Natijada itlar dirofilyariozini samarali davolash va oldini olishga hamda hududda epizootik barqarorlikni ta’minlanishiga erishilgan;
itlar dirofilyariozini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida Knott test usuli tashxislashning maqbul usuli ekanligi asoslangan va Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 iyundagi № 02/23-388-son ma’lumotnomasi). Natijada itlarda dirofilariozni yashirin davrlarida aniqlash imkoniyati yaratilgan.