Djuraev Abdujalil Mannapovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Charm buyumlarini yangi polimer materiallari bilan samarali gidrofoblashning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusidagi 05.06.03-“Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc /T374
Ilmiy maslahatchi: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi va mahalliy birikmalar asosida gidrofoblovchi kompozision material yaratish, ularni tadqiq etish, gidrofoblangan charmlarni fizik-mexanik, kimyoviy ya’ni kompleks xossalarini aniqlash, hamda iqtisodiy samaradorlikga erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akrilatlar va poliviniletinildigidroksixlorsilan asosida birinchi marotaba gidrofoblovchi kompozisiya yaratilgan va gidrofoblovchi kompozisiya charm buyumlarini suv ta’siriga bardoshliligi oshirilgan shu bilan birga appreturalash sifatida pardozlash texnologiyasi yaratilgan;
pardani adgeziyasi va termik barqarorligini ta’minlash uchun gidrofoblovchi kompozisiyani massa ulushiga 5% polivinil-etinildixlorsilan qo‘shilishi kerakligi aniqlangan;          
dastlab suv bilan namlangan charm namunalari, keyingi jarayonlarda derma strukturalaridagi elementlari bilan mustahkam bog‘larni hosil qilishi va charmning yuqori o‘tkazuvchanlik xossalarini saqlagan holda suvga ta’siriga bardoshlilik xususiyati ortishi kompozisiya tarkibiga penetrator qo‘shish natijasida ta’minlangan;
poliviniletinildigidroksixlorsilan asosidagi gidrofoblangan namunalarda kollagen makromolekulalarining choklanishi va fibrillyar strukturani qoplagan holda parda hosil qilishi, charmning strukturasida g‘ovaklarning miqdori ortishi, namlikni kondensatsiyalanish tezligini oshirish va charm buyumlarini yuqori o‘tkazuvchanlik, suv o‘tkazuvchanlik xossalari maqsadga muvofiqligi ta’minlangan;
differensial-skanerlovchi kalorimetriya va termogravimetriya yordamida gidrofoblangan charm namunalarining harorat intervali ortishida (ekzotermik effekt) asosan gidrofoblovchi kompozisiyaning funksional faol guruhlari charm kollageni bilan reaksiyaga kirishishi hisobiga ular orasidagi molekulalararo bog‘larning uzilishi sodir bo‘lgani charmning kristallanish zonalariga kirib borishi aniqlangan;
xromli oshlangan charmlarni cho‘zilish ko‘rsatkichlari, yirtilishdagi yuqori mustaxkamlikga erishish, gigienik xususiyatlari bo‘yicha charmga qo‘yilgan texnik talablarda belgilangan me’yorlarga javob berishi maqsadida gidrofoblovchi komponentlar bilan ishlov berish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Charm buyumlarini gidrofoblash bo‘yicha olingan natijalar asosida:          
“Charmni pardozlash uchun penetrator” olinish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk agentligi»ning ixtiro patenti olingan (№ IAP 04089 (105),29.01.2010 y.). Natijada pardozlovchi polimer plenka xosil qiluvchilarning namlash va singish qobilyatini nazorat qilish imkonini beradigan texnologiya yaratilgan;
“G‘ovakli polimer materiallarini olish usuli”ga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk agentligi»ning ixtiroga patenti olingan (№IAP 04549. 2012 y:). Natijada temperaturaga chidamli bo‘lgan, uglevodorodlar, efirlar, ketonlar xamda turli organik eritmalarda erimaydigan g‘ovakli inert yumshoq polimer materiali yaratilgan;
poyabzallarni pardozlash jarayonlari bosqichida yangi gidrofoblovchi kompozisiyani qo‘llanish texnologiyasi O‘zbekiston davlat assotsiatsiyasi “O‘zcharmsanoat”tasafuridagi «Poyabzalchi» MChJ, «Agro-Deri» MChJ, ”Nafis” MChJ, O‘zbek-Turk test markazi QK  va “SHARQ LEATER INTERNATIONAL” MChJ korxonalarida joriy qilindi (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining FB-7/2001 08-07-2023 ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sektorlarda ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari 32% ga oshirilgan, tayyor poyabzallarni pardozlash jarayonlari bosqichida yangi gidrofoblovchi kompozisiyani qo‘llash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish