Eminov Azizjon Ashrapovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kvarsit xomashyolari asosida dinasli olov­bardosh tiqma massa tarkiblarini ishlab chiqish», 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T180.

Ilmiy rahbar: Abdullaeva Raisa Ismatovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Fizika-Quyosh ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori kremnezemli va boshqa mahalliy mineral xomashyo resurslari asosida dinasli olovbardosh tiqma massaning tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yaratilgan tajriba massalarining pishishidagi yuqori haroratdagi fizik-kimyoviy va fazaviy o‘tish jarayonlarining qonuniyatlari hamda namunalarda tabiiy kvarsning yangi kristall fazalar hosil qilib, qayta tug‘ilishi ya’ni tridimit va kristobalitni yuzaga kelishi isbotlangan;

dinasli tiqma massaning texnologik xossalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar–glina va kvarsitning qumga almashtirishdagi maksimal miqdorlari 25 mass.%gacha bo‘lishi aniqlangan;

olishning maqbul sharoiti, texnologik rejimlari va xomashyo shixtasiga yuqori haroratli ishlov berish hamda olovbardosh kompozisiyaning fraksiya tarkiblari ishlab chiqilgan;

ishlab chiqilgan dinasli tiqma massadagi «tarkib-struktura-xossa» funksional bog‘liqligi isbotlangan;

maqbul shixta va fraksiya tarkiblardagi dinasli tiqma massaning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan va olish texnologiyasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kvarsit xomashyolari asosida dinasli tiqma massa tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan  natijalar asosida:

olovbardosh materiallar olish uchun alyumosilikat minerallaridan tashkil topgan ishlab chiqilgan shixta tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04659, 2013y.). Natijada ishlab chiqilgan tarkib asosida olovbardosh material olish imkonini bergan;

Qo‘ytosh kvarsiti, Jeroy kvars qumi va Angren kaolini asosida yaratilgan dinasli olovbardosh tiqma massa tarkibi «Bekobod-ogneupor» QKda amaliyotga joriy etilgan («Bekobod-ogneupor» QKning 2017 yil 3 oktyabrdagi 278-son ma’lumotnomasi). Natijada chetdan keltirilganga nisbatan ikki marta arzon dinasli tiqma massa olish imkonini bergan;

mahalliy xomashyolar asosida dinasli tiqma massa olish texnologiyasi «Bekobod-ogneupor» QKda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zqurilishmateriallari» AJning 2017 yil 28 dekabridagi BB-01/03-5141-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi standart talablarga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish