G‘aybulov Qodirjon Murtozoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qurilish materiallarini tanlashda qaror qabul qilish intellektual tizimlarni algoritmik ta’minlash”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1563
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanovna texnika fanlari doktori, dotsent; Safarova Lola Ulmasovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qaror qabul qilishning noravshan mezonlari asosida qurilish materiallarini tanlashning model va algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qaror qabul qilish noravshan mezonlari asosida qurilish materiallarini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
bipolyar noravshan qoidaga asosalangan qurilish materialini tanlashning Sugeno modeli ishlab chiqilgan;
bipolyar Sugeno noravshan xulosa qoidasi asosida qurilish materialini tanlashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan;
noravshan ifodalar asosida qurilish materialini baholashning bipolyar kompleks tahlil algoritmini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qurilish materiallarini tanlashda qaror qabul qilish intellektual tizimlarni algoritimik ta’minlash:
qurilish materiallarini intellektual tanlashda baholash va Bipolyar noravshan qoidaga asoslangan qurilish materialini tanlashning Sugeno modeli ishlab chiqildi. O‘zbekiston sharoitda barqaror qurilish materiallarni baholash, ushbu tanlovlarni tasdiqlash, qurilish sohasi uchun materialni tanlash Samarqand viloyatidagi “Temir qalqon” MChJda joriy etilgan (Samarqand viloyat hokimligining 2023-yil 25- martdagi 07-07/948-son ma’lumotnomasi). Natijada barqaror qurilish materiallarni tanlash uchun mos keladigan ko‘rsatkichni aniqlash 7-8% ga oshgan.
O‘zbekiston sharoitda barqaror qurilish materiallarini baholashda tanlovlarni tasdiqlash uchun qurilish sohasiga tegishli materiallarni tanlash modeli qurilish sohasida barqarorlikni ta’minlash uchun eng yaxshi qurilish materialini tanlash dasturi Jizzax viloyatidagi «Arxitektura rejalashtirish byurosi» UK korxonasida joriy etilgan (Samarqand viloyat hokimligining 2023-yil 25-martdagi 07-07/948-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishlanmadan foydalanish natijasida barqaror qurilish materiallarni tanlash uchun mos keladigan ko‘rsatkichni tanlash 5-7% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish