Mirziyaev Abror Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Tijorat banklarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash yo‘llari ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3500. Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent iqtisodiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent iqtisodiyot unversiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Akademigi; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida sof foydaning me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida passivlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbatan barqaror darajasini ta’minlash, sof foydaning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarining riskka tortilgan summasini o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan barqaror passivlar hajmini 3,9 foizga oshirishning mumkinligi asoslab berilgan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini oshirish, sof pul oqimining barqarorligini ta’minlash va transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish yo‘lii bilan tijorat bankining joriy likvidlilik darajasini (Lmin = 0,30) 0,25 foizga oshirish taklifi asoslangan;
muddatsiz aktivlar va muddatsiz majburiyatlar o‘rtasidagi miqdoriy muganosiblikni ta’minlash, barqaror moliyalashtirish manbalarining mavjud summasi bilan zarur summasi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan bankning to‘lovga qobillik darajasini 3,0 foizga oshirish imkoniyati asoslab berilgan;
tijorat banklari kredit portfelining daromadliligi va riskliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalariga erishish orqali banklar kreditlash amaliyotining moliyaviy xavfsizlik darajasini oshirish maqsadida kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalari summasining brutto aktivlarga nisbatan darajasini (Pmax = 1,0) 0,7 foizli punktga pasaytirishning mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida sof foydaning me’yoriy darajasini ta’minlash maqsadida passivlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbatan barqaror darajasini ta’minlash, sof foydaning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarining riskka tortilgan summasini o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Asakabank”ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-07/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2021 yilda sof foydaning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasida mutanosiblik ta’minlangani holda, barqaror passivlar hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,9 foizga oshgan;
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini oshirish, sof pul oqimining barqarorligini ta’minlash va transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish yo‘lii bilan tijorat bankining joriy likvidlilik darajasini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chikishda foydalanilgan (AT “Asakabank”ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-07/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ”Asakabank” AJda milliy valyutadagi likvidlilikni qoplash koeffisienti 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 0,25 punkgga oshgan;
muddatsiz aktivlar va muddatsiz majburiyatlar o‘rtasidagi miqdoriy muganosiblikni ta’minlash, barqaror moliyalashtirish manbalarining mavjud summasi bilan zarur summasi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan bankning to‘lovga qobillik darajasini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Asakabank”ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-07/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Asakabank” AJda sof barqaror moliyalashtirish ko‘rsatkichi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,0 foizga oshgan;
tijorat banklari kredit porlfelining daromadliligi va riskliligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalarini ta’minlash yo‘li bilan banklar kreditlash amaliyotining moliyaviy xavfsizlik darajasini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallashgan Biznss-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Asakabank”ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-07/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “Asakabank” AJda 2021 yilda 2020 yilga nisbatan kreditlardan olingan foizli daromadlarning brutto kreditlarga nisbatan darajasi foizli punktga oshgani holda, kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalari summasining brutto aktivlarga nisbatan darajasi mazkur davrda 0,7 foizli punkgga pasaydi.