Xadjamuratova Matlyuba Xashimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda davlat siyosatining innovatsion xususiyatlari (1991–2021-yillar)”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tar236
Ilmiy maslahatchi: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyai ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muammoning ilmiy-nazariy jihatdan dolzarbligi, uning o‘rganilganlik darajasidan kelib chiqqan holda hozirga qadar ilmiy iste’molga kiritilmagan arxiv hujjatlari, qonunchilik hujjatlari va ilmiy tadqiqotlar asosida milliy istiqlol mafkurasiga tayanib, 1991–2021-yillarda O‘zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda davlat siyosatining innovatsion xususiyatlarini tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlar jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi, ularning ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarni mustahkamlashdagi ishtiroki, hozirgi davrga kelib yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklarni, ma’naviy-axloqiy kamolotni asrashdagi o‘rni dalillangan;
O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaning milliy xususiyatlari mexanizmini yaratish 4 bosqichda, ya’ni, 1991–1999-yillarni qamrab olgan ijtimoiy himoyaning milliy xususiyatlari shakllantirilgan birinchi bosqich, 2000–2009-yillar – aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish tizimi joriy etilgan ikkinchi bosqich, 2010–2015-yillar – manzilli himoyaga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli taqsimlanishini o‘z ichiga olgan uchinchi bosqich, 2016–2021-yillarni qamrab olgan to‘rtinchi bosqichda ijtimoiy himoyaning manzilliligi kuchaytirilganligi, kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarning himoyasi kafolatlanganligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim muassasalarning faoliyati 2 davrda shakllanganligi, ya’ni, 1990-2010-yillarda kolxoz va sovxozlar balansida tegishli mablag‘larning etishmasligi, ish o‘rinlarining yo‘qligi bois ona-onalar bolalarini o‘z qaramog‘ida qoldirganligi sababli shaharga nisbatan qishloqlarda maktabgacha ta’lim muassasalari ikki martaga kamayganligi, 2011-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini faoliyati jadallashib, sog‘lom, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish maqsadida qishloq hududlarida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ortib borganligi, ularda korrupsiya illatiga qarshi kurash, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan;
mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi isloh qilinganligi, ammo, 15-17 yoshli o‘smirlarda nafas olish, qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar, hazm qilish a’zolari kasalliklari Toshkent shahri, Namangan, Jizzax, Toshkent viloyatlarida, aholi o‘sishi hisobiga vrachlar bilan ta’minlashning kamayib ketganligi Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yuqori bo‘lganligi, shifoxonalarda o‘rinlar bilan ta’minlanish Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan pasayib ketganligi aniqlangan;
yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish, uy-joy bilan ta’minlash Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori bo‘lganligi, eng quyi ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2021-yillarda O‘zbekistonda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda davlat siyosatining innovatsion xususiyatlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
yoshlar jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi, ularning ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarni mustahkamlashdagi ishtiroki, hozirgi davrga kelib yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklarni, ma’naviy-axloqiy kamolotni asrashdagi o‘rni bo‘yicha ilmiy xulosalardan Andijon viloyat hokimligining targ‘ibot-tashviqot loyihalarida foydalanilgan (Andijon viloyat hokimligining 2024-yil 30-apreldagi 11/37-356-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar aholini ko‘rsatilgan davr bo‘yicha bilimlarni kengaytirishga yordam bergan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda M.Xadjamuratova tadqiqotlarida ilgari surilgan O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaning milliy xususiyatlari mexanizmini yaratish 4 bosqichda, ya’ni, 1991–1999-yillarni qamrab olgan ijtimoiy himoyaning milliy xususiyatlari shakllantirilgan birinchi bosqich, 2000–2009-yillar – aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish tizimi joriy etilgan ikkinchi bosqich, 2010–2015-yillar – manzilli himoyaga yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli taqsimlanishini o‘z ichiga olgan uchinchi bosqich, 2016–2021-yillarni qamrab olgan to‘rtinchi bosqichda ijtimoiy himoyaning manzilliligi kuchaytirilganligi, kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarning himoyasi kafolatlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-apreldagi 02-31-484-son ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanilishi milliy ijtimoiy himoyaning ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarini kengayishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarning faoliyati 2 davrda shakllanganligi, ya’ni, 1990-2010-yillarda kolxoz va sovxozlar balansida tegishli mablag‘larning etishmasligi, ish o‘rinlarining yo‘qligi bois ona-onalar bolalarini o‘z qaramog‘ida qoldirganligi sababli shaharga nisbatan qishloqlarda maktabgacha ta’lim muassasalari ikki martaga kamayganligi, 2011-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini faoliyati jadallashib, sog‘lom, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish maqsadida qishloq hududlarida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ortib borganligi, ularda korrupsiya illatiga qarshi kurash, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash yo‘lga qo‘yilganligiga oid ilmiy tadqiqot natijalaridan “Korrupsiya va unga qarshi kurashish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022-yil-13-maydagi 166-sonli buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari, barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari, shuningdek O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalashga xizmat qilgan;
mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi isloh qilinganligi, ammo, 15-17 yoshli o‘smirlarda nafas olish, qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar, hazm qilish a’zolari kasalliklari Toshkent shahri, Namangan, Jizzax, Toshkent viloyatlarida, aholi o‘sishi hisobiga vrachlar bilan ta’minlashning kamayib ketganligi Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yuqori bo‘lganligi, shifoxonalarda o‘rinlar bilan ta’minlanish Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan pasayib ketganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar yo‘nalishiga oid loyihalarida foydalanildi (Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 27-oktyabrdagi 1-10-21-3078-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarni ijtimoiy himoya qilishda davlat siyosatidagi islohotlarni ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish, uy-joy bilan ta’minlash Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori bo‘lganligi, eng quyi ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yoshlar bilan ishlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot loyihalarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 02-12-17-2536-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar targ‘ibot-tashviqot loyihalarida yoshlarni turmush sifatini yaxshilashga oid davlat siyosatini tarixiy manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan.