Abdurashidova Go‘zal Akrom qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirish va boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish (Paxta to‘qimachilik klasterlari misolida)”, 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” hamda 08.00.11 – “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt662.
Ilmiy maslahatchi: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kasimova Fotima Tulkunovna; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamatkulov Murodjon Shukurovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirish va boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda transfert baholarni maqsad paramaetri bajarilishida eng optimal echimni beradigan chiziqli dasturlash modeli orqali shakllantirish taklif etilgan;
tovar va xizmatlar marketinggi tizimida «4 R» (tovar, narx, tovarni iste’molchiga etkazish va tovarni ilgari surish) konsepsiyasini qo‘llash taklif etilgan;
paxta to‘qimachilik klasterlari boshqaruv hisobi jarayonida “Xarajat samaradorligi” modelidan foydalanish zarurligi asoslangan;
paxta to‘qimachilik klasterlarida narxlarni belgilashga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarning uyg‘unligini ta’minlash asosida samaradorligini baholash taklif etilgan.
paxta-to‘qimachilik klasterlarida transfert baholarni moliya-investisiya faoliyati bo‘yicha istiqbolga belgilangan 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida narxlarni shakllantirish va boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda transfert baholarni maqsad paramaetri bajarilishida eng optimal echimni beradigan chiziqli dasturlash modeli orqali shakllantirish taklifi Paxta-to‘qimachilik klasterlari amaliyotiga joriy qilingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yilning 22 oktyabrdagi 04/7-10-99-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta to‘qimachilik klasterlarida asosiy maqsad qilingan ko‘rsatkichlarga erishish uchun maksimal miqdorda foyda olish yoki xarajatlarni eng minimal miqdorga tushirish borasidagi echimlar variantlarini oldindan olish imkoniyati yaratildi.
tovar va xizmatlar marketinggi tizimida «4 R» (tovar, narx, tovarni iste’molchiga etkazish va tovarni ilgari surish) konsepsiyasini qo‘llash taklifi Paxta-to‘qimachilik klasterlarining konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yilning 22 oktyabrdagi 04/7-10-99-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish uchun tovarlarga bozor narxlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
paxta to‘qimachilik klasterlari boshqaruv hisobi jarayonida “Xarajat samaradorligi” modelidan foydalanish zarurligi taklifi Paxta-to‘qimachilik klasterlari modelini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yilning 22 oktyabrdagi 04/7-10-99-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta to‘qimachilik klasterlarida xarajatlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va bozor o‘zgarishlariga moslashuvchanlikka oid strategik qarorlar qabul qilishda xizmat qilgan.
paxta to‘qimachilik klasterlarida narxlarni belgilashga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarning uyg‘unligini ta’minlash asosida samaradorligini baholash taklifi Paxta-to‘qimachilik klasterlarining qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yilning 22 oktyabrdagi 04/7-10-99-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, paxta to‘qimachilik klasterlarida tovarlar va xizmatlar marketingi tizimida ichki va tashqi omillarning narxlarga ta’sirini aniqlash hamda faoliyat samaradorligiga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratgan.
paxta-to‘qimachilik klasterlarida transfert baholarni moliya-investisiya faoliyati bo‘yicha istiqbolga belgilangan 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish taklifi Paxta-to‘qimachilik klasterlarining xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2024-yilning 22 oktyabrdagi 04/7-10-99-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy, mehnat va moddiy resurlar imkoniyatidan kelib chiqib maqsad qilingan asosiy ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha istiqbolda optimal echimlarni hisoblab chiqish imkoniyati yaratildi.