Saydullaeva Nargis Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (integrativ yondashuv asosida)”, 13.00.08– Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3293.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Jamilova Nargiza Nuriddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xushnazarova Mamura Nodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlari bolalar yosh xususiyatlariga oid psixodiagnostik usullarni integratsion  faoliyat mazmuniga pragmatik va empirik jihatdan singdirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli talabalar faoliyatini  interfaol muhitga integratsiyalash strategiyalarini ijodiy muhitning adaptiv-motivatsion, optimal-tadqiqot, integratsion-transformativ bosqichlarida variativligiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi nostandart qarorlarni qabul qilishga undovchi o‘quv topshiriqlarini vizuallasgan yakka, guruhli ish shakllarida individual yo‘nalganlikda qo‘llash  asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda kreativlik kompetensiyasiini rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarning tezkor fikrlash, intensiv tahlil va shaxsiy-ijodiy ko‘nikmalarini barqaror rivojlantiruvchi integrativ ish turlarini individual kreativlik mezonlari va sinergetik tamoyillar ustuvorligida tranformatsiya qilish  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lajak tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlari fundamentallik, amaliy yo‘nalganlik, ijodiy faollik tamoyillarini integratsion  faoliyat mazmuniga pragmatik va empirik jihatdan singdirishga oid taklif va tavsiyalardan "Oydin Hayot" sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish markazida bajarilgan A1-FQ-010040 raqamli "Ta'limda sog'liqni saqlash-sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usuli" mavzusidagi loyixani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 07-fevraldagi 02-07-345/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.;      
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli talabalar faoliyatini  interfaol muhitga integratsiyalash strategiyalarini adaptiv-motivatsion, optimal-tadqiqot, integratsion-transformativ bosqichlarda variativligiga ko‘ra qo‘llashga doir taklif va tavsiyalaridan “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kreativ kompetentligi rivojlantirish metodikasi” nomli dasturiy platformani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2023-yil 20 noyabrdagi 02/01-01-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasida foydalaniladigan metod va vositalari takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi nostandart qarorlarni qabul qilishga undovchi o‘quv topshiriqlarini yakka, guruhli ish shakllarida individual yo‘nalganlikda qo‘llash  hamda bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarda kreativlik kompetensiyasiini rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarning tezkor fikrlash, intensiv tahlil va shaxsiy-ijodiy ko‘nikmalarini barqaror rivojlantiruvchi integrativ ish turlarini  kreativlik mezonlari va sinergetik tamoyillar ustuvorligida tranformatsiya qilishga oid taklif va tavsiyalari Pedagogika sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish markazining 2023-yil 20 noyabrdagi 02/01-01-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish