Xujamatova Xusnidaxon Mansurovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1518.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdieva Muxabbat Meylievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish tuzilmasi kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovshi va xulq-atvorga doir komponentlarning individual va shaxslararo hamda ishki va tashki omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish darajalari (undovshi, refleksiv, integrativ) o‘z-o’zini tushunish, o‘z-o’ziga (Men-obraz, Men-konsepsiya), tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan faoliyatga (ta’lim, muloqot, ijtimoiy obektlar) munosabat shakllari ta’sirshanligi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodikasi ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasiga doir kompetensiya elementlarini hisobga olish asosida suhbat mavzusini tanlash, didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat turi va mazmunini aniqlash, suhbatga tayyorgarlik ko‘rish, suhbatning boshlanishi, asosiy qism, suhbatni yakunlash bosqichlariga asoslangan algoritmni loyihalash orqali takomillashtirilgan;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohalari va bola kompetensiyasi uyg‘unligida ijtimoiy ongning o’ziga xos tarzda shakllanib borishini aks ettiruvshi didaktik o’yinlarni maqsadli loyihalashga yo’naltirilgan maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishning metodik tizimi adaptiv diagnostik texnikalar produktivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish tuzilmasini kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovshi va xulq-atvorga doir komponentlarning individual va shaxslararo hamda ishki va tashki omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110200 – Maktabgasha ta’lim yo’nalishi talabalari ushun “Maktabgasha yoshdagi bolalar ushun ijtimoiy ta’lim” nomli o’quv qo’llanmasini ishlab shiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 432098887778523959-raqamli guvohnoma). Natijada, bo’lajak tarbiyashilarda maktabgasha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish darajalarini o’zini tushunish, o’ziga, tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan faoliyatga (munosabat shakllari ta’sirshanligi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110200 – Maktabgasha ta’lim yo’nalishi talabalari ushun “Maktabgasha yoshdagi bolalar ushun ijtimoiy ta’lim” nomli o’quv qo’llanmasini ishlab shiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 432098887778523959-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgasha ta’lim yo’nalishi talabalarini bolalarda ijtimoiy-hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodikasini ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasiga doir kompetensiya elementlarini hisobga olish asosida suhbat mavzusini tanlash, didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat turi va mazmunini aniqlash, suhbatga tayyorgarlik ko‘rish, suhbatning boshlanishi, asosiy qism, suhbatni yakunlash bosqichlariga asoslangan algoritmni loyihalash,  ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohalari va bola kompetensiyasi uyg‘unligida ijtimoiy ongning o’ziga xos tarzda shakllanib borishini aks ettiruvshi didaktik o’yinlarni maqsadli loyihalashga yo’naltirilgan maktabgasha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishning metodik tizimi adaptiv diagnostik texnikalar produktivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari senariysini tayyorlashda  foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 04-36-1563-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishda ta’lim tashkiloti va OAV hamkorligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish