Ermatova Aziza Kamiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy-ijtimoiy muassasa hamshiralarining kasbiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirish («Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari misolida)”, 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2151.
Ilmiy rahbar: Inakov Alisher Kazakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elmesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asadov Xusan Daminovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishda hamshiralarning ko‘p qirrali yordami samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida yashovchi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslardagi tibbiy va ijtimoiy xizmat turini o‘zgalar yordamiga muhtojlik darajasiga mos ravishda va davomiyligini ehtiyojiga ko‘ra «Shaxslarni hamshira tibbiy-ijtimoiy xizmatiga ehtiyojini baholash shkalasi» ishlab chiqilgan;
internat uyi yashovchilariga ko‘rsatilgan reabilitatsion tadbirlar, xizmat turlarini optimallashtirish hamda ular ijrosini maqsadli nazorat/baholash bo‘yicha belgilangan parametrlarga ko‘ra reabilitatsion tadbirlarni tibbiy-ijtimoiy jihatdan nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hamshiralar lavozim vazifalarining bajarilish holati va shaxslar xizmatdan qoniqish darajalarini ballash orqali hamshiralar faoliyat samaradorligini kasbiy vazifalari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilganlik holatini baholash uslubi (KPI) ishlab chiqilgan;
hamshira bir shtat birligi uchun yuklama me’yorini biriktirilgan o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslar soniga nisbatan 40 nafar deb belgilash, lavozim yo‘riqnomasiga vasiylikka olinganlarni ergoterapiya (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish), jismoniy va ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘maklashish, vasiylikka olingan shaxslarning oila a’zolarida parvarish qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, reabilitatsiya jarayonini dinamikada baholash vazifalarini qo‘shish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tibbiy-ijtimoiy muassasa hamshiralarining kasbiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida Samarqand «Saxovat», Farg‘ona «Muruvvat» va Toshkent viloyati Ohangaron «Muruvvat» internat uylarida amalga oshirildi:
birinchi ilmiy yangilik: «Shaxslarning hamshira tibbiy-ijtimoiy xizmatiga ehtiyojini baholash shkalasi» Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2021 yil 30 dekabrdagi 117-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Shkala qo‘llanilishi shaxslarning tibbiy va ijtimoiy xizmatga ob’ektiv ehtiyojlarini aniqlash, yuklamani belgilashga bo‘lgan talabni shakllantirish, xizmatning individual yondashuv asosida ko‘rsatilishini tashkil etish orqali hamshiralik yordamini optimizatsiyalash, davo va reabilitatsiya muddatlari qisqarishida o‘z samarasini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: shkala qo‘llanilishi muassasadagi shaxslar kesimida ko‘rsatilayotgan xizmat soni, yuklamani belgilashga bo‘lgan talabni shakllantirish va uning xarajatini hisoblash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan reabilitatsion tadbirlarni nazorat qilishning uslubiy ko‘rsatmalari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2021 yil 30 dekabrdagi 117-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: internat uyi yashovchilariga ko‘rsatilgan reabilitatsion tadbirlar, xizmat turlarini optimallashtirish hamda ular ijrosini maqsadli nazorat/baholash bo‘yicha belgilangan parametrlarga qayd etib borish, hamshiralik rejasi asosida ko‘rsatilgan reabilitatsiya xizmatlarining ta’sir ko‘rsatish samaradorligini dinamikada kuzatish, zaruratga ko‘ra o‘z vaqtida reabilitatsiya rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xulosasini shakllantirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlari o‘rtacha 3 oydan 2 oygacha qisqarishi, muassasa byudjet xarajatlarini 2%ga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: hamshiralar lavozim vazifalarining bajarilish holati va shaxslar xizmatdan qoniqish darajasining ijobiy/salbiy natijasini ballash orqali hamshiralar faoliyat samaradorligini kasbiy vazifalari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilganlik holatini baholash uslubi (KPI) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 22 martdagi 01-02-06\135-son ko‘rsatma xatiga muvofiq internat uylarida qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: hamshira ish vaqtini ratsional tashkil qilish, hamshiralar faoliyatini ob’ektiv baholash, ularning faoliyatini kengroq muvofiqlashtirish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ish unumdorligini oshirish bo‘yicha aniq choralarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: hamshiralarni rag‘batlantirishning shafof tizmini joriy qilish orqali muassasa rag‘batlantirish fondi maqsadli sarflanishiga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: lavozim yo‘riqnomasiga vasiylikka olinganlarni ergoterapiya (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish), jismoniy va ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘maklashish, vasiylikka olingan shaxslarning oila a’zolarida parvarish ko‘nikmalarini shakllantirish, reabilitatsiya jarayonini dinamikada baholash vazifalarini qo‘shish taklif etilgan. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 23 dekabrdagi 01-02-06\238-son xatiga va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2023 yil 31 maydagi 85-P-son buyrug‘iga muvofiq internat uylari hamshiralari lavozim yo‘riqnomalariga mazkur vazifalar kiritildi. Hamshira bir shtat birligi uchun yuklama me’yorini biriktirilgan o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslar soniga nisbatan 40 nafar shaxs deb belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining Moliya vazirligi bilan kelishilgan 2024 yil 27-maydagi 131-son «Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi tashkilotlari namunaviy shtat birliklarining me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy shtat birliklarida belgilandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: muassasada yashovchi shaxslarning reabilitatsiya potensialini oshirish imkoniyati kengaydi, hamshira ishini lavozim majburiyatiga mos ravishda ratsional tashkil qilinishiga erishildi. «Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi» va «Internat uylarida hamshiralarning tashkiliy va kasbiy faoliyatini tashkil etish, ish samaradorligini baholash» mavzusida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilib, 2023 yil 29 maydagi 29-son TXKMRMning ilmiy kengash yig‘ilishida tasdiqlandi. Natijada shifokorlar tomonidan hamshiralik parvarishi sifatiga berilgan baho darajasining ortishi (92%), tibbiy yozuvlarni rasmiylashtirish sifatining 75% holatda shifokorlar tomonidan yuqori baholangan.