Iskandarov Jahongir Mashrabjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonini davolashning zamonaviy yondashuvlari» 14.00.14 – Onkologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib4589.
Ilmiy rahbar: Boyko Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Doniyor Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: multidisiplinar yondashuvni qo‘llash va prognozning molekulyar biologik omillarini aniqlash orqali kastratsiyaga rezistent prostata saratonini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi saratonida Glisson summasi, CD34 miqdori bilan androgen reseptorlari ekspressiya xisobiga kastratsiya rezistentlik xolati rivojlanishligi isbotlangan;
prostata bezi saratonida kastratsiyaga rezistentlik rivojlanishida mikroqontomirlar zichligi va angiogenez yuqori bo‘lishi, xujayralarda antiblastom ximoya funksiyasining pasayishi, o‘smaning residivlanish va qon tomirlar orqali metastazlanish darajasining oshishi isbotlangan;
T2-4N1M0 bosqich kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonida Glison ko‘rsatkichining 7 dan yuqoriligi, androgen reseptorlarining past ekspressiyasi, PSAning 20 ng/mldan yuqori, SD-34 ning yuqori ekspressiyasida target terapiya o‘tkazilishi asoslangan;
prostata bezi saratoni T2-4N1M0 bosqich gormonal rezistentli prostata bezi saratonida target terapiyadan keyin o‘sma xujayralarni kumullyativ samaradorligi oshishi xisobiga residivlanishi darajasi pasayishi, kasallik regressiyasi va xayot sifati yaxshilanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonini davolashning zamonaviy yondashuvlari ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratonida Glisson summasi, CD34 miqdori bilan androgen reseptorlari ekspressiya xisobiga kastratsiya rezistentlik xolati rivojlanishligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 13 apreldagi №56 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 15 apreldagi №35-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan usul onkologik muassalarda birinchi marta prostata bezi saratonida Glisson summasi, CD34 miqdori bilan androgen reseptorlari ekspressiya xisobiga kastratsiya rezistentlik xolati rivojlanishligi isbotlanganishi natijasida, bemorlarga asoslanmagan holda gormonterapiya, kimyo terapiya davolarini ambulator va ba’zida statsionar sharoitda o‘tkazilib kelinishi oldi olingan va samarali davolash tartibini tadbiq etish joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: onkologik muassalarda birinchi marta prostata bezi saratonida Glisson summasi, CD34 miqdori bilan androgen reseptorlari ekspressiya xisobiga kastratsiya rezistentlik xolati rivojlanishligi isbotlanganishi byudjetidan sarf xarajatlarni 21,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: onkologik muassalarda birinchi marta prostata bezi saratonida Glisson summasi, CD34 miqdori bilan androgen reseptorlari ekspressiya xisobiga kastratsiya rezistentlik xolati rivojlanishligi isbotlanganishi natijasini ijobiy tartibi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 21,5%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish, mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratonida kastratsiyaga rezistentlik rivojlanishida mikroqontomirlar zichligi va angiogenez yuqori bo‘lishi, xujayralarda antiblastom ximoya funksiyasining pasayishi, o‘smaning residivlanish va qon tomirlar orqali metastazlanish darajasining oshishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 13 apreldagi №56 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 15 apreldagi №35-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi saratonida kastratsiyaga rezistentlik rivojlanishida mikroqontomirlar zichligi va angiogenez yuqori bo‘lishi, xujayralarda antiblastom ximoya funksiyasining pasayishi, o‘smaning residivlanish va qon tomirlar orqali metastazlanish darajasining oshishi isbotlanganishi orqali prostata bezi saratoni bemorlarida ushbu ko‘rsatkichlarga qarab samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prostata bezi saratonida kastratsiyaga rezistentlik rivojlanishida mikroqontomirlar zichligi va angiogenez yuqori bo‘lishi, xujayralarda antiblastom ximoya funksiyasining pasayishi, o‘smaning residivlanish va qon tomirlar orqali metastazlanish darajasining oshishi isbotlanganishi natijasida bdjetidan sarf xarajatlarni 9,2%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prostata bezi saratonida kastratsiyaga rezistentlik rivojlanishida mikroqontomirlar zichligi va angiogenez yuqori bo‘lishi, xujayralarda antiblastom ximoya funksiyasining pasayishi, o‘smaning residivlanish va qon tomirlar orqali metastazlanish darajasining oshishi isbotlanganishi orqali prostata bezi saratonnini davolash natijalarini ijobiy tartibi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 9,2%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish, mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: T2-4N1M0 bosqich kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonida Glison ko‘rsatkichining 7 dan yuqoriligi, androgen reseptorlarining past ekspressiyasi, PSAning 20 ng/mldan yuqori, SD-34 ning yuqori ekspressiyasida target terapiya o‘tkazilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 13 apreldagi №56 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 15 apreldagi №35-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: T2-4N1M0 bosqich kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonida Glison ko‘rsatkichining 7 dan yuqoriligi, androgen reseptorlarining past ekspressiyasi, PSAning 20 ng/mldan yuqori, SD-34 ning yuqori ekspressiyasida target terapiya o‘tkazilishi natijasida bemorlarni tekshirish va davolashni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: T2-4N1M0 bosqich kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonida Glison ko‘rsatkichining 7 dan yuqoriligi, androgen reseptorlarining past ekspressiyasi, PSAning 20 ng/mldan yuqori, SD-34 ning yuqori ekspressiyasida target terapiya o‘tkazilishi asoslanganishi orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 11,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: T2-4N1M0 bosqich kastratsiyaga rezistentli prostata bezi saratonida Glison ko‘rsatkichining 7 dan yuqoriligi, androgen reseptorlarining past ekspressiyasi, PSAning 20 ng/mldan yuqori, SD-34 ning yuqori ekspressiyasida target terapiya o‘tkazilishi natijasida bemorlarni tekshirish va davolashni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 11,0 % ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prostata bezi saratoni T2-4N1M0 bosqich gormonal rezistentli prostata bezi saratonida target terapiyadan keyin o‘sma xujayralarni kumullyativ samaradorligi oshishi xisobiga residivlanishi darajasi pasayishi, kasallik regressiyasi va xayot sifati yaxshilanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 13 apreldagi №56 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2024 yilning 15 apreldagi №35-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda qo‘llanilgan prostata bezi saratoni T2-4N1M0 bosqich gormonal rezistentli prostata bezi saratonida target terapiyadan keyin o‘sma xujayralarni kumullyativ samaradorligi oshishi xisobiga residivlanishi darajasi pasayishi, kasallik regressiyasi va xayot sifati yaxshilanishi sababli, bunday bemorlarni eng maqbul davolash taktikasi asoslanishi sababli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashi va hayot sifatini yaxshilashi ko‘rsatib o‘tilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda qo‘llanilgan prostata bezi saratoni T2-4N1M0 bosqich gormonal rezistentli prostata bezi saratonida target terapiyadan keyin o‘sma xujayralarni kumullyativ samaradorligi oshishi xisobiga residivlanishi darajasi pasayishi, kasallik regressiyasi va xayot sifati yaxshilanishi sababli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashi va hayot sifatini yaxshilashi orqali byudjetdan sarf xarajatlarni 9,2%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa prostata bezi saratoni T2-4N1M0 bosqich gormonal rezistentli prostata bezi saratonida target terapiyadan keyin o‘sma xujayralarni kumullyativ samaradorligi oshishi xisobiga residivlanishi darajasi pasayishi, kasallik regressiyasi va xayot sifati yaxshilanishi, bunday bemorlarni eng maqbul davolash taktikasi asoslanishi sababli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashi orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 9,2% iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish