Sobirova Dilfuza Zokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’limda klasterli yondashuv asosida “Yuqumli kasalliklar” fanini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5138.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Gulruhsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’limda klasterli yondashuv asosida “Yuqumli kasalliklar” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishda klasterli yondashuvga asoslangan o‘qitishning strategik tuzilmasi bo‘lajak shifokorlarning deontologik faoliyat intensivligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv, didaktik, labaratoriya tekshirish usullari, kasbiy faoliyatning identivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy shartlari amaliy tavsifga ega o‘quv materiallarini loyihalash, refleksiv amaliyot hamda mutaxassislik amaliyotini muqobillashtirishga doir klinik fanlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishning strategik bosqichlari interfaol grafik organayzer metodlarini formativ baholash ko‘rsatkichlari, bilimlarni intensiv rivojlantirishni barqaror ta’minlaydigan ish turlarini refleksiv jarayonda amaliy yo‘nalganligiga ko‘ra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyalarni tashkil qilishning didaktik imkoniyatlari talabalarning rivojlanish vektorini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari, tibbiy ta’lim sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida muvofiqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’limda klasterli yondashuv asosida Yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishga doir tadqiqot natijalari:
yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishda klasterli yondashuvga asoslangan o‘qitishning strategik tuzilmasi bo‘lajak shifokorlarning deontologik faoliyat intensivligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv, didaktik, labaratoriya tekshirish usullari, kasbiy faoliyatning identivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilganligiga oid takliflar “Bolalar yuqumli kasalliklari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-838 son guvohnomasi). Natijada yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishda talabalarga individual yondashuvning imkoniyatlari ortgan;
bo‘lajak shifokorlarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy shartlari amaliy tavsifga ega o‘quv materiallarini loyihalash, refleksiv amaliyot hamda mutaxassislik amaliyotini muqobillashtirishga doir klinik fanlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Bolalar yuqumli kasalliklari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-838 sonli guvohnomasi). Natijada talabalarning mutaxassisligiga doir amaliy ko‘nikmalarni bilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishning strategik bosqichlari interfaol grafik organayzer metodlarini formativ baholash ko‘rsatkichlari, bilimlarni intensiv rivojlantirishni barqaror ta’minlaydigan ish turlarini refleksiv jarayonda amaliy yo‘nalganligiga ko‘ra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilganligi hamda tibbiy ta’limda zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyalarni tashkil qilishning didaktik imkoniyatlari talabalarning rivojlanish vektorini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari, tibbiy ta’lim sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida muvofiqlashtirilganligiga oid takliflar “Bolalar yuqumli kasalliklari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-838 son guvohnomasi). Natijada yuqumli kasalliklar fanini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitishning samaradorligi ortgan.