Toshtemirova Charos Toshtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Erbahor (Gentiana Olivieri Griseb.) o‘simligini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far80.
Ilmiy rahbar: Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova  Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gentiana Olivieri Griseb oʻsimligining farmakognostik aniqlash va undan olingan quruq ekstrakt hamda biologik faol qo‘shimchani standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Gentiana Olivieri Griseb. xomashyosi tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar (alkaloidlar, iridoid glikozidi, polisaxaridlar, lipidlar, vitaminlar, aminokislotalar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, makro- va mikroelementlar)ning kimyoviy va miqdoriy tarkibi aniqlangan;
Gentiana Olivieri Griseb. xomashyosi uchun xos bo‘lgan diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilari (ustunsimon parenxima hujayrasi yirik, cho‘zinchoq, xlorofill donachalari, murakkab kraxmal donachalari) va uning sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
Gentiana Olivieri Griseb. xomashyosi tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda-oshlovchi moddalarning to‘planish dinamikasi o‘rganilgan va o‘simlik qiyg‘os gullagan davrida maksimal darajada bo‘lishi aniqlangan;
tahlil qilingan xomashyoning quruq ekstrakti asosida ishlab chiqilgan diareyani oldini oluvchi «GENTIANA» biologik faol qo‘shimchani  standartlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erbahor (Gentiana Olivieri Griseb.) o‘simligini farmakognostik o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gentiana Olivieri Griseb o‘simligi xomashyosi uchun korxona  farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2023 yil 25 martdagi 41/11-4132-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy xujjatning tasdiqlanishi samarali diareyaga qarshi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
Gentiana Olivieri Griseb er ustki qismidan olingan biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (S 28275514-012:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (Ty 28275514-012:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada «Abduxoliq PHARM» MChJda quruq ekstrakt ko‘rinishidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan  klinik oldi sinovlar natijasida Gentiana Olivieri Griseb o‘simligi dorivor xomashyosining spesifik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada diareyaga qarshi dorivor substansiyasining samarasi va bezararligi isbotlangan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish