Nutfullaeva Shahlo Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Resurstejamkorlik asosida tikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.04.-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/T2532
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Sabohat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor (ixtisoslik shifri 05.06.04) Ilmiy kengash a’zosi; Maqsudov Nabijon Bahodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent (ixtisoslik shifri 05.06.04);
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuvchilik mahsulotlariga namlab-isitib ishlov berish uskuna asosiy ishchi organini takomillashtirish va texnologik jarayon sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali tikuv buyumlari yuqori sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tikuvchilik buyumlariga namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonida mahsulotning yuqori sifatini ta’minlovchi uskuna ishchi organining konstruksiyasi qatlamlarining bir-biriga nisbatan joylashtirish orqali mustahkamligini ta’minlovchi mexanizmi va to‘ldiruvchi sifatida esa mahalliy bazalt fibra, shishamato, shishamat va aerosil kukun kabi materiallardan metall o‘rnini bosuvchi kompozit paketini shakllantirishning yangi maketlash uslubi tavsiya etilgan;
tikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonini yuqori sifatini ta’minlovchi dazmollash uskunasi ishchi organini ekspluatatsiya jarayonida yuqori temperatura, namlik, bosim va vaqt kabi faktorlarning ta’siri ostida yuklamaga bog‘liq normal kuchlanishlar hisoblangan, konstruksiyasining mustahkamligini ta’minlash nazariy asoslangan va eksperimental isbotlangan;
tikuv buyumiga namlab-isitib ishlov berish jarayonida uskuna ishchi yuzasining to‘qimachilik materiallari va kiyim paketiga uning shakl hoosil qilish va uni saqlash, shu bilan birga biriktirma chok haqlarining egilish burchagi, yupqalashtirib dazmollash kabi indikatorlariga ta’sirining matematik modeli olingan;
resurstejamkorlik asosida yangi namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonining bosim (const.), vakuum quvvati, bug‘, namlik va vaqt kabi rejimlarining optimal qiymatlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuvchilik mahsulotlariga namlab-isitib ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
dazmollash uskunasi ishchi organining yangi namunasi asosida ishlab chiqilgan namlab-isitib ishlov berishning yangi texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “OFS” tikuv buyumlarini ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2023 yil 17 apreldagi 03/25-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumlari detallarini NIIB texnologik jarayonining samaradorligini 8,7 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
namlab-isitib ishlov berishning yangi texnologiyasi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “ShUX ShER BEK” MChJ tikuv korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2023 yil 17 apreldagi 03/25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi tikuv mahsuloti sifatini 9,1 % ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan namlab-isitib ishlov berish rejimlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Shaxlo kiyim sanoat” OK tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2023 yil 17 apreldagi 03/25-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumlari detallariga NIIB texnologik jarayonining samaradorligini 10,3% ga, shu bilan birga mahsulot sifatini oshirish imkonini bergan.