Yunusova Zamira  Gafarovnaning
falsafadoktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori samarali o‘rilgan engsimon fil`trlarning resurstejamkor texnologiyasini yaratish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyogadastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/T323
Ilmiy rahbar:Raximov Farxad Xushbakovich, texnikafanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:Nabieva Iroda Abdusamatovna,  texnika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Namangan to‘qimachilik sanoati  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:engsimon fil`trlarning resurstejamkor texnologiyasini yaratish va ulardan ishlab chiqarish tarmoqlarining turli sohalarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qima va noto‘qima matolardan tayyorlangan engsimon fil`trlarning   bichish va tikish jarayonlari ancha vaqtni olishi, ko‘p ishchi kuchi sarflanishi, chetlaridan sitilishi kabi xavflarning yuqoriligi, tarkibiga to‘ldirgich  kiritish imkoniyati murakkabligi, turli tashqi takroriy ta’sirlar ostida sifatning pasayishi kabi holatlarining oldini olish maqsadida trikotaj matodan to‘ldirgichli engsimon fil`trlarning resurstejamkor texnologiyasi yaratilgan;
lastik 2+1 asosidagi to‘liqmas lastik, glad va to‘liqmas glad qatoridan tashkil topgan o‘rilish tarkibiga qo‘shimcha ip yo‘naltirgich orqali hajmli to‘ldirgich yuborishorqali to‘ldirgichli choksiz engsimon fil`tr yaratitilgan;
aylana ikki ignadonli mashinalarda qo‘shimcha takomillashtirish asosida to‘ldirgichning bog‘lovchi qator hosil bo‘lishidan oldin har bir yacheykaga, ignadonlar oralig‘i o‘lchamining oshirilishi sharoitida kamida ikkita ketma-ket joylashgan sistema qo‘shimcha ip yo‘naltirgichlaridan berilishi nazariy asoslangan hamda yangi assortiment turlarini ko‘paytirish maqsadida birinchi marta engsimon fil`trlarni  ishlab chiqarish texnologik reglamenti yaratilgan;
fil`trlash jarayonida to‘ldirgichli o‘rilgan engsimon fil`trlarning tuzilishi vintsimon bo‘lishligini, deformatsiya kuchlarining teng taqsimlanishini hamda halqa qatorining egrilik burchagi o‘zgarishini inobatga olgan holda trikotaj engning deformatsiyasi modeli va  engsimon fil`trlar eni o‘zgarishining nazariy qonuniyatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi engsimon fil`trlar texnologiyasini yaratishga oid ilmiy tadqiqotlarga asosan:
to‘ldirg‘ichli fil`trlovchi eng va uning olinish usuligaO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi»ning ixtiroga patenti olingan (№IAP 06435, 31.03.2021. Byul. №3). Natijada yuza zichligining 50%dan ortig‘i to‘ldirgich xissasiga to‘g‘ri keluvchi engsimon fil`tr matolar olish texnologiyasi yaratilgan.
Dissertatsiya natijalari «Navoyiazot» AJ laboratoriya sharoitida suyuqlik namunalari fil`tratsiyasida tajriba sinovdan o‘tkazilgan, «Dalvarzinta’mirlash»MChJ, «Sayohat agro mahsulot»QK MChJ, «Namangan sharbati»MChJ korxonalarida joriy etilgan. (2024 yil 16 fevraldagi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 04/25-412-son ma’lumotnomasi). Natijadaishlab chiqilgan texnologik echimlarning joriy etilishi xom-ashyodan foydalanmsh 5-7 foizga kamayishiga, energiya manbalaridan tejashga, shuningdek mehnat sharoitlari va ekologik xavfsizlikni yanada yaxshilashga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish