Nurabaev Jalgas Jaksilikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlari parametrlarini asoslash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida)», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3988.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich – texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ravshanov Shavkat Ulashovich – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida paxtachilik kultivatori bazasidagi kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlarining parametrlarini asoslash yo‘li bilan erlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtachilik kultivatori bazasida ishlab chiqilgan tuproqqa tasmali ishlov berish va ekishni birlashtiruvchi kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa ishlov beradigan ish organlarining turlari va joylashish sxemalari ular tuproqqa tasmali ishlov berishi lozimligidan kelib chiqib asoslangan;
paxtachilik kultivatori bazasida ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlari parametrlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modellar va analitik bog‘lanishlar tuproqning fizik-mexanik xossalari va agregat harakat tezligini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
paxtachilik kultivatori bazasida ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlarining ish ko‘rsatkichlarini ularning parametrlari hamda harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan, ularni ifodalovchi empirik formulalar va regressiya tenglamalari olingan;
kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlarining maqbul parametrlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan agregatning tuproqqa tasmali ishlov beradigan ish organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqni ekishga tayyorlash va chigit ekishni qo‘shib bajaradigan kombinatsiyalashgan agregatga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 20 maydagi 03/012-1907-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan yassi kesuvchi pichoqlar va g‘altakmola bilan jihozlangan tuproqqa ekish oldidan tasmali ishlov beradigan va chigit ekadigan energiya-resurstejamkor kombinatsiyalashgan agregat konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil               20 maydagi 03/012-1907-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ekish oldidan tasmali ishlov berib, chigit ekadigan kombinatsiyalashgan agregat qo‘llanilganda mavjud texnika va texnologiyalarga nisbatan mehnat sarfi 22,5 foizga va har bir gektar erga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 63,8 foizga kamaygan;
tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJda loyihalash jarayoniga joriy etish uchun topshirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil               20 maydagi 03/012-1907-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tuproqqa ekish oldidan tasmali ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish