Abdulxakimov Sherzod Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichakning morfologik xususiyatlari” 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3473.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamova Muxayyo To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan laboratoriya hayvonlarining ingichka ichaklaridagi tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor tajribada surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan kalamushlar ingichka ichagida yallig‘lanish ekssudati, gemorragiya, glikokaliks leykotsitlar sonining kamayishi, biroq ularning vorsinka va kriptalar devorlarida ko‘payishi aniqlangan;
ilk bora surunkali buyrak etishmoviligi bo‘lgan kalamushlar ingichka ichagida mushak va shilliq osti katlamlarining qalinlashishi, vorsinka diametrining oshishi, kriptalar chuqurligi va kengligining pasayishi kuzatilganligi aniqlangan;
surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak vorsinka va kriptalar devorining hujayralarida antiapoptotik Bcl-2 markerining ekspressiyasi nazorat guruhiga nisbatan 2 marta ko‘payishi aniqlangan;
tadqiqotda surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan tajriba guruhi hayvonlari ingichka ichak vorsinka va kripta hujayralarida CD45 markerining sezilarli o‘sishi va CD45 markerining ifodasi nazorat guruhiga qaraganda 1,5-2 barobar yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Eksperimental surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribada surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan kalamushlar ingichka ichagida yallig‘lanish ekssudati, gemorragiya, glikokaliks leykotsitlar sonining kamayishi, biroq ularning vorsinka va kriptalar devorlarida ko‘payishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlati tibbiyot instituti Ekspert kengashida 21.10.2023-yil 23-m/117-son bilan tasdiqlangan “Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 11.11.2023 yildagi 538-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.11.2023 yildagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 25 avgustdagi 05/33 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan kalamushlarning ingichka ichaklarida kuzatilgan mikroskopik o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar surunkali buyrak etishmovchiligining murakkab patofiziologiyasini chuqurroq tushunishga yordam beradi, uning buyraklarga bevosita ta’siridan tashqarida bo‘lgan tizimli ta’sirini ochib beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali buyrak etishmovchiligidagi ingichka ichakdagi patologik morfologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida ingichka ichakda mushak va shilliq osti katlamlarining qalinlashishi, vorsinka diametrining oshishi, kriptalar chuqurligi va kengligining pasayishi kuzatilganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlati tibbiyot instituti Ekspert kengashida 21.10.2023-yil 23-m/117-son bilan tasdiqlangan “Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 11.11.2023 yildagi 538-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.11.2023 yildagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 25 avgustdagi 05/33 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida kalamushlarning ingichka ichaklarida aniqlangan patomorfologik o‘zgarishlar surunkali buyrak etishmovchiligi bilan bog‘liq mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun qimmatli ma’lumotlarni beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali buyrak kasalligining ichakka ta’sirini tushunish bemorlarning ovqatlanishi va umumiy ahvolini yaxshilash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak vorsinka va kriptalar devorlarining hujayralarida antiapoptotik Bcl-2 markerining ekspressiyasi nazorat guruhiga nisbatan 2 marta ko‘payishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlati tibbiyot instituti Ekspert kengashida 21.10.2023-yil 23-m/117-son bilan tasdiqlangan “Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 11.11.2023 yildagi 538-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.11.2023 yildagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 25 avgustdagi 05/33 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bcl-2 ekspressiyasining ortishi haqidagi bilimlar ma’lum molekulyar maqsadlarga qaratilgan individual dorilarni ishlab chiqishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ingichka ichakda aniqlangan patomorfologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda davolash surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishga yordam berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqotda surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan tajriba guruhida vorsinka va kripta hujayralarida CD45 markerining sezilarli o‘sishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlati tibbiyot instituti Ekspert kengashida 21.10.2023-yil 23-m/117-son bilan tasdiqlangan “Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 11.11.2023 yildagi 538-son hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.11.2023 yildagi 133-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 25 avgustdagi 05/33 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu natijalar surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun yangi diagnostika usullari va terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish, ularning holati va hayot sifatini boshqarishni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotga asoslangan davolash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Surunkali buyrak etishmovchiligida ingichka ichakning morfologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024-yil 3-iyuldagi 03/2024/5766-sonli xati yuborilgan.