Calamov Vohid Bafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Me’daning me’yorda va bosh miya jarohatlarida morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifi, uni korreksiya qilish yo‘llari” 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2063.
Ilmiy rahbar: Ochilov Komil Raximovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Axmedova Sayyora Muhammadovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: X.A.Yasavi nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi: me’da bo‘limlari morfometrik parametrlarini me’yorda va bosh miya engil jarohatining turli davrlarida qiyosiy o‘rganish, korreksiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oq kalamushlarda eksperimental bosh miya engil jarohatini yo‘l transport hodisasini imitatsiya qilish uskunasi orqali hosil qiladigan usul ishlab chiqilgan;
ilk bor bosh miya engil jarohati chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarda markaziy nerv tizimi holatini baholash uchun psixonevrologik testlar (PNT) ishlab chiqilgan;
oq zotsiz kalamushlarning me’dasi bo‘limlarining morfometrik parametrlari, shilliq qavat bez apparati hujayralari sitoplazma-yadro nisbati, immunogistoximik marker CD3 fonida bosh miya engil jarohatidan keyin turli davrlarda aniqlangan;
eksperimental bosh miya jarohatidan keyin oq zotsiz kalamushlar me’da shilliq qavatidagi kechadigan mikrotsirkul`yator buzilishlar, spazm, shish va sekretor faoliyatining buzilishini davolashda neyroprotektiv korreksiya usuli samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/99-son ma’lumotnomasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/7500-sonli xati Ekspert kengashiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental hayvonlarda bosh miya engil jarohati yo‘l transport hodisasini imitatsiya qilish uskunasi orqali hosil qiladigan usul ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialining 20.07.2024 yildagi 64-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining 29.07.2024 yildagi 94-T-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 25.04.2022 yildagi 12/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: oq kalamushlarda eksperimental bosh miya engil jarohatini yo‘l transport hodisasini imitatsiya qilish uskunasi orqali hosil qilinganligini inobatga olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: oq kalamushlarda eksperimental bosh miya engil jarohatini yo‘l transport hodisasini imitatsiya qilish uskunasi orqali hosil qilinganligini inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 35000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: oq kalamushlarda eksperimental bosh miya engil jarohatini yo‘l transport hodisasini imitatsiya qilish uskunasi orqali hosil qilinganligini inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 290000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta bosh miya engil jarohati chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarda markaziy nerv tizimi holatini baholash uchun psixonevrologik testlar (PNT) ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialining 20.07.2024 yildagi 64-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining 29.07.2024 yildagi 94-T-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 25.04.2022 yildagi 12/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk marotoba bosh miya engil jarohati chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarda markaziy nerv tizimi holatini baholash uchun psixonevrologik testlardan foydalanilishi, davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligini va rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilk marotoba bosh miya engil jarohati chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarda markaziy nerv tizimi holatini baholash uchun psixonevrologik testlardan foydalanilishi hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini 2 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 290000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 145000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000) so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ilk marotoba bosh miya engil jarohati chaqirilgan oq zotsiz kalamushlarda markaziy nerv tizimi holatini baholash uchun psixonevrologik testlardan foydalanilishi hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: oq zotsiz kalamushlarning me’dasi bo‘limlarining morfometrik parametrlari, shilliq qavat bez apparati hujayralari sitoplazma-yadro nisbati, immunogistoximik marker CD3 fonida bosh miya engil jarohatidan keyin turli davrlarda aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialining 20.07.2024 yildagi 64-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining 29.07.2024 yildagi 94-T-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 25.04.2022 yildagi 12/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: oq zotsiz kalamushlarning me’dasi bo‘limlarining morfometrik parametrlari, shilliq qavat bez apparati hujayralari sitoplazma-yadro nisbati, immunogistoximik marker CD3 fonida bosh miya engil jarohatidan keyin turli davrlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oq zotsiz kalamushlarning me’dasi bo‘limlarining morfometrik parametrlari, shilliq qavat bez apparati hujayralari sitoplazma-yadro nisbati, immunogistoximik marker CD3 fonida bosh miya engil jarohatidan keyin turli davrlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 290000 so‘mga kamaytirgan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 50000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: oq zotsiz kalamushlarning me’dasi bo‘limlarining morfometrik parametrlari, shilliq qavat bez apparati hujayralari sitoplazma-yadro nisbati, immunogistoximik marker CD3 fonida bosh miya engil jarohatidan keyin turli davrlarda o‘rganilganligi, asoratlarning kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eksperimental bosh miya jarohatidan keyin oq zotsiz kalamushlar me’da shilliq qavatida kechadigan mikrotsirkul`yator buzilishlar, spazm, shish va sekretor faoliyatining buzilishini davolashda neyroprotektiv korreksiya usuli samaradorligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filialining 20.07.2024 yildagi 64-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining 29.07.2024 yildagi 94-T-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 25.04.2022 yildagi 12/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental BMEJ keyin oq zotsiz kalamushlar me’da shilliq qavatidagi kechadigan mikrotsirkulyasiya buzilishi, spazm, shish va sekretor faoliyatining buzilishini davolashda neyroprotektiv korreksiya usuli qo‘llanilganligi, o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: eksperimental BMEJ keyin oq zotsiz kalamushlar me’da shilliq qavatidagi kechadigan mikrotsirkul`yator buzilishlar, spazm, shish va sekretor faoliyatining buzilishini davolashda neyroprotektiv korreksiya usuli qo‘llanilganligi, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 290000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: eksperimental BMEJ keyin oq zotsiz kalamushlar me’da shilliq qavatidagi kechadigan mikrotsirkul`yator buzilishlar, spazm, shish va sekretor faoliyatning buzilishini davolashda neyroprotektiv korreksiya usuli qo‘llanilganligini shifoxona amaliyotiga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 290000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Me’daning me’yorda va bosh miya jarohatlarida morfometrik parametrlari qiyosiy tavsifi, uni korreksiya qilish yo‘llari” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 6-sentyabrdagi 04/7500-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish