Tairova Sakina Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish", 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib.2249.
Ilmiy raxbar: Muxamadieva Lola Atamuradovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
RJ faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tug‘ma septal yurak nuqsoni mavjud bolalarda kompleks yondashuv orqali komorbid holatlarni erta tashxislash va davolash chora tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar onalarida homiladorlik davrida uchragan asosiy xavf omillari: anemiya, onaning 2 va undan ortiq somatik kasalliklari, homilador ayollarda ko‘p qusish, onaning yoshi, TORCH va O‘RV infeksiyalari, ota-onalarning qarindosh bo‘lishi aniqlangan;
tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda eng ko‘p uchraydigan komorbid patologiyalar chastotasi (psixologik rivojlanish buzilishlari –100%, anemiya – 74% va oqsil-energiya tanqisligi – 56,5%) aniqlangan;
ilk bor tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rivojlanishni baxolovchi Denver skrining testini qo‘llash orqali ularda nutq (48,2%) va motorika (51,8%) funksiyalarini buzilishi aniqlangan;
ilk bor septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarga an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha polipeptid fraksiyalar kompleksi va temir saqlovchi dori vositasini qo‘llash orqali davolash taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar onalarida homiladorlik davrida uchragan asosiy xavf omillari: anemiya, onaning 2 va undan ortiq somatik kasalliklari, homilador ayollarda ko‘p qusish, onaning yoshi, TORCH va o‘tkir respirator infeksiyalari, ota-onalarning qarindosh bo‘lishi ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Camarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 45-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolashni muammosining hozirgi holati” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 14-sentyabrdagi 86-sonli buyruq bilan, hamda Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2023 yil 19 sentyabrdagi 51-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar onalarida homiladorlik davrida xavf omillari uchrash chastotasini hisobga olgan holda, ularning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, uzoq muddatli statsionar va ambulatoriya sharoitida davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik davrida xavf omillari bilan kasallangan bemorlarni boshqarishni yaxshilash perinatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Har bir bolaga o‘rtacha 540 ming so‘mlik dori vositalari sarflanadi. Bemorlarning kasalxonada bo‘lish muddati 15 kundan 12 kunga qisqartirildi, kasalxonada yotadigan kunlar soni kamaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda eng ko‘p uchraydigan somatik patologiyalar chastotasi (psixologik rivojlanish buzilishlari – 100%, anemiya – 74% va oqsil-energiya tanqisligi – 56,5%) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Camarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 46-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolash usullarini optimallashirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 14-sentyabrdagi 86-sonli buyruq bilan, hamda Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2023 yil 19 sentyabrdagi 51-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarning psixologik rivojlanish buzilishlari, anemiya va oqsil-energiya tanqisligini erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda psixologik rivojlanish buzilishlari, anemiya va oqsil-energiya tanqisligini erta tashxislash, kasallik faolligini pasaytirish natijasida o‘rin-kunlarni qiskarishi natijasida bitta bemorga belgilangan dori vositalarini iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 36 000 so‘mni tashkil etadi, 3 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 108 000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rivojlanishni baxolovchi Denver skrining testini qo‘llash orqali ularda nutq (48,2%) va motorika (51,8%) funksiyalarini buzilishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Camarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 45-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolashni muammosining hozirgi holati” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 14-sentyabrdagi 86-sonli buyruq bilan, hamda Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2023 yil 19 sentyabrdagi 51-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rivojlanishning Denver skrining testi shkalasini qo‘llash orqali psixomotor funksiyasini o‘zgarishini bashoratlash sifatini yaxshilashga, nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda rivojlanishning Denver skrining testi shkalasini qo‘llash orqali kasallikni tashxislashga qaratilgan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, ularning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishga erishilgan. Tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarni boshqarishni yaxshilash psixomotor funksiyasini o‘zgarishi asoratlarni kamaytirishga yordam beradi, bu esa bolalarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi. Bu o‘z navbatida bemorlarni statsionarda yotoq kunini 3 kunga kamaytirishiga erishildi, statsionarda 1 kunlik yotoq kuni uchun 92 113 so‘m sarflansa, 3 yotoq kun qisqarishi hisobiga statsionarda xizmat ko‘rsatish umumiy 276 339 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarga an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha polipeptid fraksiyalar kompleksi va temir saqlovchi dori vositasini qo‘llash orqali davolash taktikasi takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Camarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 46-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma septal yurak nuqsonlari mavjud bolalarda komorbid holatlarni tashxislash va davolash usullarini optimallashirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 14-sentyabrdagi 86-sonli buyruq bilan, hamda Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2023 yil 19 sentyabrdagi 51-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarga an’anaviy davo usuliga polipeptid fraksiyalar kompleksi va temir preparatini qo‘llash orqali davolash kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan izoxlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma septal yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarga an’anaviy davo usuliga polipeptid fraksiyalar kompleksi va temir preparatini qo‘llash orqali komorbid holatlar asoratlarini kamaytirishga yordam beradi, bu esa bolalarni davolashda ambulator hamda statsionar sharoitida ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish hisobiga erishiladi.