Hamroev Ramzjon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki yarusli diskli plug yuqori yarus korpuslarining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4010
Ilmiy rahbar: Ishmuradov Shuxrat Ulug‘berdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ergashev Marufjon Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamiz sharoitida bug‘doy, em-xashak, takroriy ekinlar, sabzavot-poliz va boshqa ekinlar ekiladigan dalalarga asosiy ishlov berishda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash, ish unumi va sifatini oshirish uchun ikki yarusli diskli plug ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori va pastki disksimon korpuslardan iborat ikki yarusli diskli plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
ishlov berilayotgan tuproq qatlamini ag‘darish jarayonida tuproq bo‘lagining harakatini tavsiflovchi matematik model diskning tikka nisbatan o‘rnatilish burchagini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ikki yarusli diskli plug yuqori diskli ish organlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarida uning yon tomonga maqbul uloqtirilishini hisobga olgan holda aniqlangan;
ikki yarusli diskli plug yuqori diskli ish organlari parametrlarining talab darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflyagan holda ta’minlaydigan maqbul qiymatlari plugning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikki yarusli diskli plugning yuqori diskli ish organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erlarni asosiy va takroriy ekinlarni ekish uchun shudgorlashda qo‘llaniladigan ikki yarusli diskli plug konstruksiyasini loyihalash va ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 noyabrdagi 07/22-05/6033-son ma’lumotnomasi). Natijada diskli plug yuqori diskli ish organlari sferik disklardan tashkil topgan ikki yarusli diskli plug konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ekinlar ekiladigan dalalarga asosiy ishlov berish uchun ishlab chiqilgan ikki yarusli diskli plug Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 noyabrdagi 07/22-05/6033-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘t bosgan erlarni sifatli shudgorlash va o‘simlik qoldiqlarini to‘liq ko‘mish imkoniga ega bo‘lingan.
ikki yarusli diskli plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 noyabrdagi 07/22-05/6033-son ma’lumotnomasi). Natijada traktorlar bilan agregatlab ishlatishga mo‘ljallangan ikki yarusli diskli plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish