Sharipova Saodat Tolkunovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sovershenstvovanie texnologicheskoy podgotovki proizvodstva djinsovix izdeliy na osnove sifrovizatsii” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4277
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna texnika fanlari doktori, dotsent; Alimova Gulchexra Raximjanovna texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyodan djins buyumlari raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, loyiha-konstruktorlik tayyorlash muddat va xarajatlarini kamaytirishni ta’minlovchi raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taniqli, shu jumladan eng qadimgi djins brendlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ramziy maqomi retrospektivada aniqlangan bo‘lib, mahalliy xom ashyodan jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarni loyihalash uchun ma’lumotlar bazasi yaratilgan va ular uslubiy asos ekanligi retrospektiv tahlil asosida isbotlangan;
mahalliy xom ashyodan djins matosi xususiyatlarini hisobga olgan holda, «Wrangler, Uniqlo, Leviʼs» markali brendlar estetik darajasini olishga imkon beruvchi djins buyumlarini yakuniy pardozlashning modifikatsiyalashgan rejimi ishlab chiqilgan;
turli narx toifasidagi djins mahsulotlari uchun materiallarni tanlash masalalarida sifat funksionali sifatida Bellmanning maqbullik tamoyili va strukturaviy matrisalar usulini qo‘llash yordamida farqlanuvchi materiallarni avtomatlashgan tarzda konfeksiyalash matematik modellari va algoritmi ishlab chiqilgan;
eng muvaffaqiyatli brendlarni loyihalash tajribasi, turli narx segmentlari iste’molchilarining shaxsiy talablari va raqamli texnologiyalarni jamlash imkonini beradigan, avtomatlashtirilgan tizim arxitekturasi, virtual muhitda djins mahsulotlarini ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirish maqsadida axborot va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kiyim ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirish uchun integratsiyalashgan axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
djins mahsulotlarini ishlab chiqarish va yakuniy pardozlash uchun konstruktorlik-texnologik yakuniy pardozlash rejimlari «YUKSAK SERVIS » MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (2024 yil 28 iyundagi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasining №03/25-1587 - sonli xulosasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi, mahalliy xom ashyodan tayyorlangan materiallardan foydalanish evaziga, oyiga 7500 dona mahsulot ishlab chiqarishda iqtisodiy xarajatlarni 10,3 foizga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
virtual muhitda djins mahsulotining yangi modeliga buyurtmani qabul qilish jarayoni uchun axborot va dasturiy ta’minotlari «Golden Home textile» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi. (2024 yil 28 iyundagi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasining №03/25-1587 - sonli xulosasi). Natijada ishlab chiqarish jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ishlab chiqarish muddatlarini qisqartirish hisobiga oyiga 21,6% xarajatlar iqtisod qilingan.