Axmedova Marhabo Farhod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asari onomastikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2714.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xudayberganov Ravshan Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asaridagi  onomastik birliklarning lisoniy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ogahiy tarixiy asarlari ichida birinchi bo‘lib “Riyozu-d-davla” asari onomastikasi antroponimik, toponomik, kosmonomik va gidronomik mikroko‘lam tarzida  tasniflanishi dalillangan;
asardagi onomastik birliklarning tarixiy-etimologik tadqiqi natijasida ular turkiy asosli, eroniy asosli va arab lug‘aviy qatlamiga mansub birliklardan iborat ekani ochib berilgan;
“Riyozu-d-davla” asarida onomastik birliklarning saj’ hosil qilishdagi hamda boshqa badiiy san’atlar yuzaga keltirishda biror obektni nomlash vazifasidan tashqari muayyan adabiy-estetik vazifani ham bajarganligi dalillangan;      
muayyan tarixiy asarlar onomastikasini shakllantiruvchi apellyativi turkiy asosli, apellyativi eroniy asosli, apellyativi arabiy asosli onomastik birliklarning yuzaga kelish sabab ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ogahiyning “Riyoz-u-davla” asari onomastikasini o‘rganish asosida:
Ogahiyning “Riyozu-d-davla” asari onomastikasi antroponimik, toponomik, kosmonomik va gidronomik mikroko‘lam tarzida  tasniflanishi, jumaladan, Ko‘chaqumi, Ko‘kcha, Gurgon, Muso darbandi va boshqa atoqli otlarning ma’nolari, mazmun-mohiyati bilan bog‘liq xulosalardan “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasining “Qadimgi Xorazm tarixi” ekspozisiyasini boyitishda va Xiva shahri bo‘ylab ekskursiyalar o‘tkazuvchi gid-yoʻlboshchilarni ekskursiya jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 16-maydagi 05-12-15-3211-son maʼlumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot materiallari gid-yoʻlboshchilarni o‘quv materiallari bilan ta’minlash, fondda saqlanayotgan qo‘lyozma manbalarni tabdil qilish asnosida uchragan atoqli otlarni joriy alifbolarga o‘tirish va talqin qilishga xizmat qilgan;
asardagi onomastik birliklarning tarixiy-etimologik tahlili ilmiy natijalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017-yilda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-martdagi 49-bayoni asosida xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshirilgan “Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etish” grant loyihasida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 6-apreldagi 55/2-23-son maʼlumotnomasi). Natijada asar matnida uchraydigan ibn, abu, umm tarkibli atoqli otlar, asmo, ism, ishtiqoq, tasmiya kabi terminlarni to‘g‘ri tabdil qilish va izohlash imkoni yaratilgan.
“Riyozu-d-davla” asaridagi onomastik birliklarning saj’ hosil qilishdagi hamda boshqa badiiy san’atlar yuzaga keltirishdagi o‘rniga oid xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-apreldagi 350-son maʼlumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga mumtoz asar onomastikasi shakllanishi, ularning lisoniy tabiati hamda o‘ziga xosliklari masalasi  ilmiy-ommabop tarzda etkazilishiga xizmat qilgan.
muayyan tarixiy asarlar onomastikasini shakllantiruvchi omillarga oid tahliliy materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-, 8-, 9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 6-apreldagi 54/2-23-son maʼlumotnomasi). Natijada mazkur jildlardagi atoqli otlarning to‘g‘ri o‘qilishi va talqin qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish