Shodiev Oybek Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim muassasalarida analitik geometriya fanini aksiomatik nazariyaga asoslangan o‘qitish metodikasi (ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar misolida)”, 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1015.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Ganixodjaev Rasul Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshmamatova Dilfuza Bahromovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarni o‘qitishda Analitik geometriyani aksiomatik nazariya asosida o‘qitishning metodikasiga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda Analitik geometriyani o‘qitish jarayonining pedagogik-psixologik mezonlari Veyl diagrammasini umumiylik va alohidalik tamoyili nazariyasiga moslashuvchan tizimli mantiqiy, produktiv muqobil shakllarini transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda kub, simpleks va ularning tekislik bilan kesimlari to‘g‘risidagi tasavvurini boyitishning aksiomatik-analitik metodlari diagnostik-majmuaviy yondashuvlar va qayta aloqani refleksiv raqamli variatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish metodikasi didaktik muhitga moslashuvchan maqsadli va manzilli variatsiyalar, faoliyatli-kompetensiyaviy yondashuvlar uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
analitik geometriya fanining uslubiy ta’minoti ko‘zi ojiz talabalarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan korreksion va hamkorlikda o‘qitish jarayonlari vektorli yondashuv bosqichlariga mantiqiy identiv muvofiqlashtirish va o‘quv traektoriyasiga moslashish hamda individuallashtirish uyg‘unligini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bulajak ko‘rish imkoniyati cheklangan pedagoglarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish buyicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda Analitik geometriyani o‘qitish jarayonining pedagogik-psixologik mezonlari Veyl diagrammasini umumiylik va alohidalik tamoyili nazariyasiga moslashuvchan tizimli mantiqiy, produktiv muqobil shakllarini transformatsiyalash orqali takomillashtirilganligi hamda ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda kub, simpleks va ularning tekislik bilan kesimlari to‘g‘risidagi tasavvurini boyitishning aksiomatik-analitik metodlari diagnostik-majmuaviy yondashuvlar va qayta aloqani refleksiv raqamli variatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan KJ00098-raqamli “Zamonaviy axborot uskunalari bilan jihozlangan markaz ochish orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslarni huquq va erkinliklarini kengaytirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvining 2023 yil 22 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda Analitik geometriyani o‘qitish jarayoning aksiomatik nazariyaga asoslangan kompitensiyalari oshgan;
ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish metodikasi didaktik muhitga moslashuvchan maqsadli va manzilli variatsiyalar, faoliyatli-kompetensiyaviy yondashuvlar uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga hamda analitik geometriya fanining uslubiy ta’minoti ko‘zi ojiz talabalarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan korreksion va hamkorlikda o‘qitish jarayonlari vektorli yondashuv bosqichlariga mantiqiy identiv muvofiqlashtirish va o‘quv traektoriyasiga moslashish hamda individuallashtirish uyg‘unligini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflardan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” (2020-2022 yillar) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 6 iyundagi 04/11-3455-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari matematika yo‘nalishi ko‘zi ojiz talabalarining “Analitik geometriya” fani aksiomatik nazariyaga asoslangan nazariy va amaliy bilimlari ortgan hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.