To‘rabekov Farxod Sanakulovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped526.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Zaripov Lochin Rustamovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Karimov Komiljon Abdurahimovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini  kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari amaliy-operatsion, moti-vatsion-undovchi, gnostik, kommunikativ, refleksiv tarkibiy qismlarini peda-goglar tayyorlash jarayonlariga bevosita idenfikatsiyalashga yo‘naltirilgan shaxsiy kasbiy faoliyatni texnologik loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning konseptual didaktik tizimiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modeli axborot ta’lim muhiti imkoniyatlarini variativ, faol o‘qitishga, ijodiy yondashish, treninglarni loyihalash hamda funksional shart-sharoitlarini ta’lim mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida talabalarning o‘quv va loyiha faoliyatini amaliy yo‘naltirish jarayoni, moddiy obektni yaratishning o‘quv texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborotlashtirish hamda yuqori darajadagi ta’lim mazmunini o‘zgaruvchanligi va uni tezda yangilash zarurati va talabalarning kasbiy o‘zini o‘zi belgilashi jarayonlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy tizimi konsepsiyasi axborot ta’lim muhiti subektlarining faol o‘zaro hamkorligi, axborot ta’lim muhitida ishlashga tayyorligi, motivatsiyalangan kasbiy faoliyatga o‘tishi, kasbiy harakatlarni modellashtirish hamda standart talablariga muvofiq “Texnologiya” fanining kognitiv aloqalar komponentlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorgarligining samaradorligi motivatsion, kognitiv, faoliyatli va kommunikativ komponentlari differensiallashgan darajalarini obektiv baholovchi diagnostik, prognostik parametr va indikatorlarini natijaviy tahlilining miqdor va sifat aspektlarini baholash asosida mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini  kasbiy faoliyatga tayyorlash tuzilmasi amaliy-operatsion, motivatsion-undovchi, gnostik,  kommunikativ, refleksiv tarkibiy asoslarni pedagoglar tayyorlash jarayonlariga bevosita idenfikatsiyalashga yo‘naltirilgan shaxsiy kasbiy faoliyatni texnologik loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Ta’lim jarayonini loyhalashtirish va baholash nazariyalari va metodlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0608 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorligi darajasini oshishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy (pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish) faoliyatga tayyorlashning konseptual didaktik tizimiga asoslangan tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlariga axborot ta’lim muhiti imkoniyatlari hamda funksional shart-sharoitlarini mazmuniga singdirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Ta’lim va o‘rganish nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0603 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy tizimi konsepsiyasi axborot ta’lim muhiti subektlarining faol o‘zaro hamkorligi, axborot ta’lim muhitida ishlashga tayyorligi, motivatsiyalangan kasbiy faoliyatga o‘tishi, kasbiy harakatlarni modellashtirish va ularni bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy standarti talablariga muvofiq hamda “Texnologiya” fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar “Ta’lim va o‘rganish nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i asosida berilgan 233-0603-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashda talabalarning ta’lim olish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Fan-ta’lim-ishlab chiqarish hamkorligi”ni loyihalashtirish jarayonlari o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekslar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’lim siyosati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i asosida berilgan 228-59-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada fanni o‘qitishda nazariy va amaliy ishlanmalar elektron ta’lim resurslari, o‘quv-metodik tavsiyalar mazmunida o‘z aksini topgan va asosiy adabiyot sifatida oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish