Otayarova Umida Bolibek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” va Abdurahmon Jomiy “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Fil3756.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Ilyos Abdukayumovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlarini qiyosiy aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xamsanavislikda Iskandar obrazining nasl-nasabi, jahongirligi borasidagi tarixiy, ya’juj-ma’jujlardan to‘suvchi devor qurgani, adolatparvarligi haqidagi diniy-tasavvufiy hamda “Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlarining mutaqorib vaznida yozilishi, Iskandar shaxsiga murojaat kabi an’anaviylik jihatlari asoslangan;
Alisher Navoiyning nazmiy va nasriy asarlaridagi “Iskandar va Doro” obrazida adolat, “Iskandar va Xizr chashmasi”da foniy hayot, “Iskandar va devor”da ezgulik va yovuzlik, “Iskandar va oyna” timsolida irfoniy haqiqat g‘oyalarini aks ettirishi aniqlangan;
“Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlari hajmi, kompozisiyasi, sujeti qiyoslanib, Alisher Navoiyning 7215 baytli, Abdurahmon Jomiyning esa 2315 baytdan iborat dostonlarida ijtimoiy-siyosiy, ilohiy-irfoniy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-ta’limiy qarashlari ifodalangani ochib berilgan;
“Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” tarkibidagi hikoyatlarning qiyosi orqali Alisher Navoiyda hayotiy voqelik, Abdurahmon Jomiyda esa tasavvufiy-irfoniy g‘oyalarning ustunligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” va Abdurahmon Jomiy “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xamsanavislikda Iskandar obrazining nasl-nasabi, jahongirligi borasidagi tarixiy, ya’juj-ma’jujlardan to‘suvchi devor qurgani, adolatparvarligi haqidagi diniy-tasavvufiy hamda “Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlarining mutaqorib vaznida yozilishi, Iskandar shaxsiga murojaat kabi an’anaviylik jihatlari borasidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 “O‘zbek adabiyoti”ning ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-apreldagi 04/1-891-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti namoyandalari hayoti va ijodini, o‘zbek badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lmish noyob durdonalarni dunyo hamjamiyatiga tanishtirish hamda targ‘ib etishda xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning nazmiy va nasriy asarlaridagi “Iskandar va Doro” obrazida adolat, “Iskandar va Xizr chashmasi”da foniy hayot, “Iskandar va devor”da ezgulik va yovuzlik, “Iskandar va oyna” timsolida irfoniy haqiqat g‘oyalarini aks ettirganligi xususidagi xulosa va umumlashmalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Navoiy muzeyi” ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi Davlat noyob obektida o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 28-martdagi 10-1376-son ma’lumotnomasi). Natijada mavzuga doir tadqiqotlar ilmiy saviyasining boyishiga erishilgan;
“Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” dostonlari hajmi, kompozisiyasi, sujeti qiyoslanib, Alisher Navoiyning 7215 baytli, Abdurahmon Jomiyning esa 2315 baytdan iborat dostonlarida ijtimoiy-siyosiy, ilohiy-irfoniy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-ta’limiy qarashlarining ifodalangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari ensklopediyasi”, “O‘rta asrda yashagan mashhur samarqandlik allomalar” asarlarining mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 28-martdagi 02/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiyning sayyor sujetni g‘oyaviy-badiiy jihatdan boyitib, tarixiy, diniy hamda xalq og‘zaki ijodida mavjud Iskandarlarni umumlashtirgani va adabiyotda ideal podshoh obrazini yaratganligi asoslangan;
“Saddi Iskandariy” va “Xiradnomayi Iskandariy” tarkibidagi hikoyatlarning qiyosi orqali Alisher Navoiyda hayotiy voqelik, Abdurahmon Jomiyda esa tasavvufiy-irfoniy g‘oyalarning ustunligiga oid ilmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati radiosida 2024-yil 1-aprel kuni efirga uzatilgan “Samarqand sadosi” eshittirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 3-apreldagi 01-07/65-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishning mazmuni yanada boyigan.