Islomov Jurabek Soxibnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasida konflikt va xarakter yaratish mahorati (Usmon Azim va Erkin A’zam ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD/Fil2438.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Boynazar Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor; Ilhom G‘aniev, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dramatik tur va uning janrlari yuzasidan mazmuniy-shakliy izlanishlar, drama, komediya, tragediya kabi sof hamda kinoqissa, kinodrama, radiopesa, intermediya, insenirovka kabi qorishiq janrlarida konfliktning namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida dramaturgiya G‘arb adabiyoti ta’sirida paydo bo‘lganligi, keyinchalik mazkur turning o‘zbek folklorida azaldan mavjud bo‘lgan xalq teatrlari, ertak va dostonlariga  xos intensivlik, hajviylik va fojiaviylik kabi poetik unsurlarni o‘zida jamlaganligi ochib berilgan;
Usmon Azim  va Erkin A’zam dramaturgiyasida tragediya, komediya, drama kabi sof dramatik janrlar bilan birga ushbu turga oid  qorishiq kinoqissa, kinorivoyat, radiopesa, dramatik doston kabi janrlar mavjudligi aniqlangan;
konflikt syujetni harakatga keltiruvchi kuch sifatida dramatik asarlarning janr tabiatida namoyon bo‘lishi, xususan, fojia, drama janrlarida xarakterlarning ichki kolliziyalari asosida yuzaga kelgan konfliktning, komediyada esa ko‘proq jamiyat va shaxs orasidagi konfliktning namoyon bo‘lishi isbotlangan;  
Usmon Azim dramaturgiyasidagi “Kunduzsiz kechalar”, “Adibning umri”, “Abdulla Qahhor” asarlarida lirik turga xos kechinma, ko‘tarinki ijobiy yakun va  ta’sirchanlikning ustuvorligi, Erkin Azamning “Tanho qayiq”, “Suv yoqalab”, “Qarzdor”  kabi asarlarida sof dramatik janrlardan ko‘ra epik va dramatik tur oralig‘idagi  asarlar ekanligi, ulardagi xarakterlar tasviri hamda sujet rivojida epik batafsillik ko‘rinib turishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasida konflikt va xarakter yaratish mahorati (Usmon Azim va Erkin A’zam ijodi misolida)” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Usmon Azim dramaturgiyasidagi “Kunduzsiz kechalar”, “Adibning umri”, “Abdulla Qahhor” asarlarida lirik turga xos kechinma, ko‘tarinki ijobiy yakun va  ta’sirchanlikning ustuvorligi, Erkin Azamning “Tanho qayiq”, “Suv yoqalab”, “Qarzdor”  kabi asarlarida sof dramatik janrlardan ko‘ra epik va dramatik tur oralig‘idagi  asarlar ekanligi, ulardagi xarakterlar tasviri hamda sujet rivojida epik batafsillik ko‘rinib turishi dalillangan xulosalari asosida T. N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T. N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot institutining  2024-yil 22-aprel 176-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy dramaturgiyada jahon adabiyoti hamda o‘zbek folklori janrlaridagi asarlar tahlili orqali pesalar badiiyati xususiyatlari ifodalangani aniqlangan;
o‘zbek adabiyotida dramaturgiya G‘arb adabiyoti ta’sirida paydo bo‘lganligi, keyinchalik mazkur turning o‘zbek folklorida azaldan mavjud bo‘lgan xalq teatrlari, ertak va dostonlariga  xos intensivlik, hajviylik va fojiaviylik kabi poetik unsurlarni o‘zida jamlaganligi dalillangan nazariy qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning adabiyotda an’anaviylik va xalqonalik ifodasi va tadrijini o‘rganishga bag‘ishlangan qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 4-aprel 157/1-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasida jahon adabiyotining buyuk namoyandalariga ergashish, san’atshunoslikdagi taraqqiyotni inobatga olgan holda yartilgan sahna asarlari poetikasiga oid xulosalar chiqarish imkonini bergan;
konflikt syujetni harakatga keltiruvchi kuch sifatida dramatik asarlarning janr tabiatida namoyon bo‘lishi, xususan, fojia, drama janrlarida xarakterlarning ichki kolliziyalari asosida yuzaga kelgan konfliktning, komediyada esa ko‘proq jamiyat va shaxs orasidagi konfliktning namoyon bo‘lishi isbotlangan nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limining sheʼriyat va adabiy tanqid kengashlarida, uyushma qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida Erkin A’zam dramalaridagi konflikt  va xarakterlar rang-barangligi, dramaturgiyada muallif shaxsiyatini akslantiruvchi jihatlari, ijodkor individual uslubi kabi mavzularda adabiy suhbatlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 7-maydagi 01-03/546-son maʼlumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning bugungi adabiy jarayon, teatr san’ati haqidagi maʼlumotlarini kengaytirishga erishilgan;
Usmon Azim hamda Erkin A’zam kabi ijodkorlarimiz ijodidagi yetakchi bo‘lgan tarixiy, falsafiy, ijtimoiy-maishiy mavzularda yaratilgan va o‘ziga xos xalqona uslublari namoyon bo‘lib turadigan dramalari tahlillari dalillangan ilmiy xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali jonli efirda uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va amaliy natijalarga erishilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat bo‘limining 2024-yil 8-maydagi 01-07/103-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’lumotlar jamiyatimizda teatr va dramaturgiyaning mavqeyini oshirishga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar ssenariysini boyitishga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish