Yuldasheva Zuhra Nizamitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. ““Xoldorxon” dostonidagi takrorlarning lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2058.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov Rahmonalievich.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Xoldorxon” dostonida qo‘llangan takrorlarning lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Xoldorxon” dostonining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlarida uchraydigan qator-qator, qavat-qavat, o‘rim-o‘rim, tol-tol, ayri-ayri, savat-savat, gul-gul kabi takroriy birliklar aniqlanib, ularning matnni shakllantirish, ta’sirchanlikni ta’minlash va ohangdoshlikni hosil qilish singari lingvopoetik imkoniyatlari ochib berilgan;
fonetik takrorga asoslangan assonans, alliteratsiya kabi tasviriy vositalarning doston matnida qo‘llangan maqol, matal, ibora, topishmoq singari lug‘aviy birliklarni yoritishdagi muhim o‘ringa egaligi, matnning intonatsion butunligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fonopoetik vosita ekanligi dalillangan;
dostonda takror asosida poetik aktuallashgan so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari hamda shu asosda ijodkorning poetik mahorati, uning o‘zbek tili tovush tizimi bilan bog‘liq fonetik, so‘zlarning ma’no qatlamiga doir leksik, qo‘shimchalar va so‘z birikmalarinining ishlatilishiga oid grammatik imkoniyatlaridan unumli foydalanishdagi mahorati asoslangan;
dostonda so‘z turkumlari doirasidagi takroriy birliklar, asos va qo‘shimchalar, bo‘g‘lovchilar takrori izohlanib, gap takrori asosida hosil qilingan poetik figuralar, dostonning morfologik va sintaktik butunligini ta’minlash bilan bog‘liq lingvopoetik xususiyatlari va baxshi estetik niyatining takroriy birliklar asosida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ““Xoldorxon” dostonidagi takrorlarning lingvopoetik tadqiqi” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Xoldorxon” dostonining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlarida uchraydigan qator-qator, qavat-qavat, o‘rim-o‘rim, tol-tol, ayri-ayri, savat-savat, gul-gul kabi takroriy birliklar aniqlangan va ularning matnni shakllantirish, ta’sirchanlikni ta’minlash va ohangdoshlikni hosil qilish singari lingvopoetik imkoniyatlari ochib berilganiga doir xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan OT–F1–78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2024-yil 23-maydagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
fonetik takrorga asoslangan assonans, alliteratsiya kabi tasviriy vositalarning doston matnida qo‘llangan maqol, matal, ibora, topishmoq singari lug‘aviy birliklarni yoritishdagi o‘rni, matnning intonatsion butunligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fonopoetik vosita ekanligi dalillangani bilan bog‘liq yangiliklardan 2021–2022-yillarda bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2024-yil 23-maydagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
dostonda takror asosida poetik aktuallashgan so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari hamda shu asosda ijodkorning poetik mahorati, uning o‘zbek tili tovush tizimi bilan bog‘liq fonetik, so‘zlarning ma’no qatlamiga doir leksik, qo‘shimchalar va so‘z birikmalarinining ishlatilishiga oid grammatik imkoniyatlaridan unumli foydalanishdagi mahorati asoslangani, dostonda so‘z turkumlari doirasidagi takroriy birliklar, asos va qo‘shimchalar, bo‘g‘lovchilar takrori izohlanib, gap takrori asosida hosil qilingan poetik figuralar, dostonning morfologik va sintaktik butunligini ta’minlash bilan bog‘liq lingvopoetik xususiyatlari va baxshi estetik niyatining takroriy birliklar asosida namoyon bo‘lishi dalillangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvining o‘zbek xalq dostonlariga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 4-apreldagi 01-16/84-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi ma’naviy-ma’rifiy fikrlar, ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini mazmunan boyitgan va mukammallashtirgan.