Kapizova Dilafruz Raxmonjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy Farg‘ona hududi mevali daraxt va butalar koksidlarining entomofaglari (faunasi, biologiyasi va morfoekologik xususiyatlar)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V660.
Ilmiy rahbar: Zokirov islomjon Ilhomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Baxtiyorjon Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonov Xoliqjon Abduraxmonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy Farg‘ona hududi mevali bog‘lari koksidlari va ularning entomofaglari faunasini aniqlash, biologiyasini asoslash hamda muhim entomofag turlarining morfoekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy Farg‘onaning mevali daraxt va butalarida yashovchi koksidlarda 12 oilaga mansub 26 avlodning 31 tur entomofaglari qayd etilgan hamda ularning 4 turi O‘zbekiston va 10 turi Farg‘ona vodiysi entomofaunasi uchun ilk marta aniqlangan;
mevali bog‘larda koksidlar tabiiy kushandalarining 8 turi uchrash darajasi yuqori, 8 turi tez-tez uchrovchi va qolgan 15 turi kam yoki tasodifan uchrovchi hasharotlar bo‘lib, ularning 12 turi oligofag va 19 turi polifag ekanligi hamda xo‘jayin yoki o‘lja organizmi bilan oziqlanishiga ko‘ra 9 turi yirtqich va 22 turi parazitlik qilishi aniqlangan;
Sharqiy Farg‘ona hududining shart-sharoitlariga monand mevali bog‘larda zarar keltiruvchi koksidlarning muhim dominant turlari biologiyasi va ekologik xususiyatlari ochib berilgan va ular trofik ixtisoslashuviga ko‘ra parazit-polifag (7 tur), oligofag-parazit (1 tur), polifag-yirtqich (2 tur), oligofag-yirtqich (1 tur) guruhlarga farqlangan;
entomofag hasharotlarning “parazit-xo‘jayin” va “yirtqich-o‘lja” munosabatlar tizimida tabiiy-iqlim sharoiti, ozuqa resursi va boshqa omillarga nisbatan morfo-ekologik moslanishlarni hosil qilishi asoslangan hamda ularning turli hududlardagi populyasiyalarida morfometrik xilma-xillik mavjudligi matematik-statistik tahlillar orqali isbotlangan;
mevali bog‘larda koksidlar populyasiya miqdor zichligini boshqarish va ularga qarshi entomofaglarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharqiy Farg‘ona hududi mevali daraxt va butalari koksidlarining entomofaglari (faunasi, biologiyasi va morfoekologik xususiyatlari) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mevali bog‘larda zararli koksidlarga qarshi Microterys sylvius, Leucopis annulipes, Coccophagus lycimnia, Metaphycus melanostomatus, Microterys sylvius, Leucopis annulipes, Chilocorus bipustulatus, Coccophagus lycimnia, Metaphycus melanostomatus, Leucopis annulipes, Chilocorus bipustulatus, Aphystis proclia, Chilocorus bipustulatus kabi entomofag turlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiylar Andijon viloyati bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklariga amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-02-860-son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari uchun ishlab chiqilgan tavsiyanoma mevali bog‘larni zararli koksidlardan himoya qilishda ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
mevali bog‘lar koksidlarida parazitlik qiluvchi foydali hasharotlarning ozuqa spektri aniqlanib, urug‘ mevali bog‘lar, danak mevali bog‘lar, tok agrobiotsenozi, jiydazor agrobiotsenozi, pistazor va bodomzor agrobiotsenozlari hamda sitrus mevali bog‘lar agrobiotsenozlari kesimida entomofaunaning shakllanishi ochib berilgan hamda mevali bog‘larda ekologik toza mahsulotlar etishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha yaratilgan tavsiyalar Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi “Xalilov Ilxomjon Oribovich” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi va “Sariq suvda Jahongir bog‘i”, Oltinko‘l tumanidagi “Axmadillo Jannat bog‘i”da jami 975 gektar maydonidagi mevali bog‘lar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-02-860-son ma’lumotnomasi). Natijada, mevali bog‘larda zararli koksidlarning hisobini yuritish, ularni monitoring qilish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, kimyoviy zaharlarning ishlatish miqdori keskin kamayishi va gektaridan sof daromad olish imkonini bergan.
Sharqiy Farg‘onaning mevali daraxt va butalarida yashovchi 22 tur zararkunanda koksidlar hamda ularning 31 turga mansub tabiiy entomofaglari tarqalishi haqida ma’lumotlar Andijon viloyati Ulug‘nor, Oltinko‘l tumanlaridagi bog‘dorchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2024-yil 28-sentyabrdagi 03/02-309-son ma’lumotnomasi). Natijada, mevali bog‘larda fitofag zararkunandalar miqdorini hisobga olish, ularning daraxt va butalarga zararini baholash hamda boshqa hududlarga tarqalishining oldini olish imkonini bergan.